Kimyoviy jarayonlar haqidagi ta'limot, fizik kimyoning rivojlanishi

Kimyoviy jarayonlar haqidagi ta'limot, fizik kimyoning rivojlanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy jarayonlar haqidagi ta'limot, fizik kimyoning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy jarayonlar haqidagi ta'limot, fizik kimyoning rivojlanishi Kimyoning asosiy muammosini yechishning to'rtinchi konsepsiyasi - ishlab chiqarishning (aviatsiya, avtomobil, material, yoqilg'i, energetika.) rivojlanishi va unga qo'yiladigan talablar asosida yuzaga keldi. Sababi struktura haqidagi ta'limot bu masalani batafsil hal qilib bera olmadi. Chunki kimyoviy dinamika - reaksiya borishini strukturaga asoslanib tushuntira olmadi. Buni kimyoviy jarayonlar asosida tushuntirish mumkin. Malumki, moddiy olamning harakat qonunlarini, jumladan, kimyoviy jargyonlarni asosan, ikki usul bilan kuzatish-tajriba va fikrlash yo'li bilan o'rganish mumkin. Kuzatish-tajriba usuli asosiy usul bo'lsa ham uning vositasiga turli kimyoviy jarayonlarni, ulardagi umumiylik, farqni va umumlashgan qonuniyatlarni bilib bo'lmaydi. XVII asrning o'rtalarida buyuk rus olimi M.V.Lomonosov tabiat sirlarini, shu jumladan, kimyoviy jarayonlarni o'rganishda kuzatish-tajriba usuli bilan bir qatorda, fikrlash usulini ham qo'llashni tavsiya etdi va yuqorida bayon etilgan vazifalarni hal etuvchi «Nazariy kimyo» fanining yaratilishi kerakligini, yani kimyoviy jarayonlarni o'rganishda fizika qonunlaridan foydalanish kerakligini va bu yangi fanni «Fizik kimyo» nomi bilan atash kerakligi haqidagi taklif bilan chikdi. Fizik kimyoning nomi va uning vazifasi birinchi marta Lomonosov tomonidan 1755 yilda uning «Haqiqiy fizik kimyo» kitobida - fizik kimyo murakkab moddalarda sodir bo'ladigan kimyoviy jarayonlarning sababii fizika qonunlari va tajribalari asosida tushuntiruvchi fan deb belgilandi. Shunday qilib, fizik kimyo kimyoviy jarayonlarning umumlashgan qonunlari va ular orasidagi bog'lanishlarni aniqlaydigan fandir. Fizik kimyo fani bu vazifalarni yechishda, asosan uch usuldan: termodinamika, molekulyar-kinetik nazariya va kvant mexanika usulidan foydalanadi. Termodinamika usuli termodinamikaning uchta qonuniga (yani postulatiga) asoslangan bo'lib, unda uzoq vaqt davomida to'plangan tajriba va kuzatish natijalari umumlashtirilgandir. Bu usulda termodinamikaning uch postulatidan foydalanib, aniq natijalar olinadi. Termodinamika usulida sistemadagi moddalar molekulalarining tuzilishini bilish shart emas, yani bu usul vositasida jarayonning mohiyati oydinlashmaydi (termodinamika usulining kamchiligi). Bu usulning yana bir xususiyati shundaki, unda sistemaning umumiy xossalari (masalan, temperatura, hajm, bosim va hoka'zolar) bilan ish ko'riladi. Molekulyar kinetik yoki statistik usulda sistemani tashkil etuvchilarning (atomlar va molekulalar harakati) xossalari teshirilib, jamlanadi. Bu usuldan foydalanish uchun, asosan sistemaning tuzilishini bilish kerak. Termodinamika va molekulyar-kinetik usullar bir-birini to'ldiruvchi usullardir. Kvant mexanika usuli, asosan, modtsalarning tuzshshini o'rganishda qo'llaniladi. Kimyoviy jarayon - ko'p faktorli bo'lib, reaksiya yo'nalishi, reaksiya tezligi, temperatura, bosim, hajm, reagentlar kontseitratsiyalariga bog'lanishlarini o'rganishni qamrab oldi. Kimyoviy reaksiyalar tezligini birinchi marta 1850 yilda miqdoriy jihatdan A.Vilgelm o'rgandi. Polyarimetr asbobi yordamida saxaroza gidrolizini kislota ishtirokida o'rganib reaksiya tezligining vaqtga logarifmik bog'liqligini aniqladi. 1862-63 yillarda M.Yeertlo va Pann den Sen-Jil spirtga kislota ta'sir etdirib murakkab efir olish tezligini tekshirib, u olingan modda miqdoriga bog'likligini aytdilar. 1867 yil Norvegayalik olimlar Guldberg K. va Vaage P.lar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.37 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.37 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga