Kimyoviy kinetika

Kimyoviy kinetika

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy kinetika - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy kinetika Reja: Kimyoviy reaksiya tezligiga ta'sir etuvchi omillar Konsentratsiyaning reaksiya tezligiga ta'siri Kimyoviy reaksiya tezligiga temperatura ta'siri Katalizator Qaytar va qaytmas kimyoviy reaksiyalar Kimyoviy muvozanat Kimyoviy reaksiya tezligi, kimyoviy muvozanat va ularga ta'sir etuvchi omillarlarni o'rganuvchi fan kimyoviy kinetika deb ataladi. Kimyoviy kinetikani o'rganish kimyo sanoati yo'nalishlarida ham tibbiyot sohasi yo'nalishlarida ham muhim o'rin tutadi. Ushbu yo'nalishlarda shu kungacha ko'plab izlanishlar olib borlmoqda. Bunda olingan natijalar yordamida tezlik -vaqt, tezlik- konsentratsiya, tezlik- substrat tabiati va reagent, tezlik- harorat, pH, ion kuchi kabi kattaliklarning bog'liqligi va mutanosib holatlari haqida ma'lumotlar to'planib jarayonlarni jadallashtirish imkoniyatlari kengaytirib boriladi. Shu bilan bir qatorda kimyoviy, biokimyoviy reaksiyalar tartibi, molekulyarligi va bosqichlarini bilgan holda jarayonlarning borish mexanizmi o'rganiladi hamda zarur natijaga yo'naltiriladi. Tirik organizmda kechadigan biokimyoviy reaksiyalar kinetikasi asosini kimyoviy kinetika tashkil etadi. Ma'lum bo'lishicha bitta hujayrada o'n mingdan ortiq kimyoviy reaksiyalar kechadi. Bu reaksiyalar parallel, tutashgan, zanjir, tarmoqlangan va konkurent reaksiyalar ko'rinishida boradi. Kimyoviy reaksiyaning tezligi - kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o'zgarishiga aytiladi. Kimyoviy reaksiya tezligi Ѵ (V) harfi bilan belgilanadi. Kimyoviy reaksiya tezligini quyidagi formula asosida topamiz. Ѵo'rtacha - reaksiyaning o'rtacha tezligi (moll(s, min, soat)). AC - konsentratsiyalarining farqi. At - o'tgan vaqt (s, min, soat). C1; C2 - avvalgi va keyingi konsentratsiyalar (moll). Cm - molyar konsentratsiya (moll ). Δn - modda miqdorining o'zgarishi (mol ). V - reaksiya olib borilayotgan idish (reaktor) hajm (l, m3). Kimyoviy reaksiya tezligiga ta'sir etuvchi omillar Kimyoviy reaksiyaning tezligiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Moddalarning tabiati: ta'sirlashuvchi moddalarning tabiati bir-biridan qanchalik farq qilsa, reaksiya shunchalik tez sodir bo'ladi. Masalan: kislota asos bilan kuchli kislota kuchsiz kislotaga nisbatan tezroq reaksiyaga kirishadi. Konsentratsiya: gazlarda va suyuq eritmalarda erigan yoki tarqalgan moddalar butun hajm bo'ylab reaksiyaga kirishida konsentratsiya qanchalik yuqori bo'lsa, reaksiyaning tezligi ham shunchalik katta bo'ladi. Chunki, zarrachalarning to'qnashish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Qattiq moddalarda reaksiyada to'qnahsuvchi yuzaga bog'liq: yuza qanchalik katta bo'lsa, ko'proq zarrachalar bir-biri bilan to'qnashadi va reaksiya shunchalik tez sodir bo'ladi. Bir necha fazadan iborat sistema geterogen sistema deb ataladi. Ularda sodir bo'ladigan reaksiyalar geterogen reaksiyalar deyiladi. Geterogen reaksiyaning tezligi deganda, vaqt birligi ichida fazalar chegarasidagi sirt birligida reaksiyaga kirishuvchi yoki reaksiya natijasida hosil bo'luvchi moddalar miqdori o'zgarishini tushunamiz: Bu yerda: S - fazalar chegara sirtining kattaligi, Δn - sistemada modda mol sonlarining o'zgarishi, Vget - geterogen reaksiya tezligi. Tenglamadan ko'rinadiki, sistemada reaksiya fazalar chegara sathidagina bo'lganligi bois, bu sath qanchalik katta bo'lsa, reaksiya tezligi ham shunchalik katta bo'ladi. Demak, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 265.13 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 265.13 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga