Kimyoviy modda - atom va molekulalar uyushmasi 7-sinf Kimyo darsligi asosida 5-mavzu Reja: 2 3 Kimyoviy modda 1 Atom va molekulalar uyushmasi Molekular va nomolekular moddalar Atrofimizni o'rab turgan butun olamning turli-tumanligini, cheksiz o'zgaruvchanligini ko'rib va bu olam asosan 118 ta elementdan tashkil topgan Yer yuzasining foydali qazilmalar olinadigan qismining 90 foizi asosan beshta element: kislorod, kremniy, aluminiy, temir va kalsiydan iborat. kislorod kremniy Inson tanasining asosiy qismi: kislorod, vodorod, ugleroddan va yana 89 ta kimyoviy elementdan tashkil topgan. 20 dan ortiq element tabiatda juda oz miqdorda uchraydi, ayrimlari esa faqat laboratoriyalardagina olinadi. Kimyoviy moddalar bir yoki bir necha elementdan tashkil topgan. Suvni elektr toki yordamida parchalab, alohida-alohida moddalar: vodorod va kislorodni hosil qilish mumkin. Suv kimyoviy birikma bo'lib, uni vodorod va kislorodga parchalash mumkin. Vodorod va kislorod oddiy moddalar. Oddiy moddalar faqat bir xil atomlardan tashkil topgan bo'ladi. Demak, kimyoviy modda - atom va molekulalar uyushmasidir. Molekular va nomolekular moddalar Moddalarni tashkil etuvchi zarrachalar tabiatiga ko'ra molekular va nomolekular tuzilishdagi moddalarga bo'linadi. Molekula o'zaro bog'langan atomlar guruhidan iborat. Molekular tuzilishdagi moddalar bir xil molekulalardan tashkil topgan va shuning uchun bunday moddalar tarkibi o'zgarmas bo'ladi. Odatda, moddalar gazsimon holatda molekular tuzilishda bo'ladi. Moddalar suyuq yoki qattiq holatda bo'lganda modda molekulalari orasidagi masofa nisbatan yaqin va ularni o'zaro ta'sirlashish kuchlari katta bo'ladi. Suyuq Qattiq Gaz holati Nomolekular tuzilishdagi moddalarga, asosan, qattiq moddalar kiradi, ular kristall tuzilishga ega. Ularning kristall tugunlarida molekula emas, balki atom yoki boshqa zarra turadi. Gazsimon holatdan tashqari, qattiq holatdagi kristall tugunlarida molekula tutuvchi moddalar ham molekular tuzilishdagi moddalar hisoblanadi Kristall tugunlarida ionlar (zaryadlangan zarracha) joylashsa, ular yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo'ladi, uchuvchan bo'lmaydi (osh tuzi). Kristall tugunlarida metall atomlari yoki ularning musbat ionlari joylashsa, ularning orasida erkin elektronlar bo'ladi. Metallarning yaltiroqligi, plastikligi, elektr tokini, issiqlikni o'tkazishi shunga bog'liqdir. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:48
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:48 ]
Arxiv ichida: pptx