Kislota-asosli muvozanat Reja: .Kimyoviy muvozanatdagi kislota-asosli reaksiyalar.Suvli eritmalarda kislota va asoslarning elektrolitik dissotsiatsiyasi. Arrenius nazariyasi, kislota va asoslar haqidagi hozirgi zamon tushunchalari. .Brensted-Lourining protolitik nazariyasi. Erigan moddaga erituvchining ta'siri. Kuchli va kuchsiz kislota. Kuchli va kuchsiz asos eritmalari rN ini aniqlash. Eritmaning elektroneytralligi va material balansi tenglamalari va ular yordamida hisoblashlar. Kislota-asosli reaksiyalar. Suvli eritmalarda kislota va asoslarning elektrolitik dissotsiatsiyasi. Kislota va asoslar haqidagi hozirgi zamon tushunchalari. Arrenius 1887 yilda o'xshash moddalarning eritmalarida zaryadlangan zarrachalarga ajralish hisobtga zarrachalarning ortishi gipotezasini olg'a surdi. Bunday moddalrni u 25-elektrolitlar deb,ularning ionlarga ajralishini esa elektrolitik dissotsiatsiya deb atadi. U kislota va asos tushunchasini berdi. Kislota-bu dissotsilanganda N= ionlarini va boshqa hech qanday ionlarni bermaydigan molekuladir. Asos-dissotsilanganda ON- ionlarini va boshqa hech qanday manfiy ionlarni bermaydigan molekuladir. Kislota va asos orasida boradiganeaksiya tuz va suv hosil qiladigan neytrallanish reaksiyasidir. Arrenius bo'yicha istalgan elektrolit faqat qisman dissotsilanadi Arrenius nazariyasida elektrolitik dissotsiatsiya sababi tushuntirilmagan,ionlar va elektrolit molekulalarining.o'zaro va erituvchi molekulalari bilan ta'siri o'rganilmagan edi, shuning uchun erkin N= ionlari mavjudligi tan olinardi. Arrenius nazariyasi bo'yicha dissotsiatsiya darajasi birdan katta bo'lishi mumkin emas. Arrenius nazariyasi yaratilgach elektrolit eritmalariga yangicha qarashlar paydo bo'la boshladi. Birinchidan ,dissotsilanish jarayoni sababi, yani erigan modda bilan erituvchining ta'siri ko'rsatildi. Elektrolit kuchi va xarakterini asolsan erituvchi belgilaydi. Elektrolitlarni o'z holati bo'yicha va erkin ko'rinishda va dissotsilanish mexanizmi bo'yicha 2ta bir-biridan keskin farq qiluvchi guruhga bo'lish mumkin: bular ionoforlar va ionogenlardir. Ionoforlar - kristallik panjarasi alohida ionlardan tuzilgan (KSI, NaSI) elektrolitlardir. Bunday moddalarni suvda eritilganda gidrotatsiya energiyasi ta'sirida kristallik panjaraning buzilishi(parchalanishi) sodir bo'ladi. Bunday moddalarda dissotsilanmagan molekulalar modda eritilmasdan oldin ham bo'lmaydi, yani ular eritilmasdan oldin ham bir-biri bilan bog'langan ionlar holida bo'ladi. Ionogenlar-bunda kristallik panjaraning bo'g'inlarida qutbli molekulalar (SN3SOON) bo'lgan elektrolitlardir. Bunday moddalarning ionlarga dissotsilanishi bir necha bosqichda boradi: 1. SN3SOON+N2O SN3SOONN2O erituvchi bilan kimyoviy o'zaro ta'sir hisobiga molekulyar kompleksning hosil bo'lishi; 2. SN3SOONN2OSN3SOO-N3O= ionlanish, yani ichki-molekulyar qayta guruhlanish hisobiga ion juftlarining hosil bo'lishi; 3. SN3SOO-N3O=SN3SOON- + N3O= ionlar juftining erkin ionlarga dissotsilanishi. Brensted va Louri bir-biridan bexabar 1923 yilda kislota va asoslarning protolitik nazariyasini yaratdilar. Bu umum tomonidan qabul qilingan nazariyadir. Protolitik nazariyada zarrachalarning kislota-asosli xossalarini faqat proton tashish bilan bog'lashadi, shuning uchun bu nazariya bo'yicha kislota-asosli reaksiyalar protolitik reaksiyalar yoki protoliz reaksiyalari deyiladi. Kislota yoki disprotid- bu protonlar donoridir, yani proton beruvchi zarracha (molekula, kation, anion) dir Asos yoki emprotid - bu protonlar aktseptoridir,yani proton qabul qiluvchi zarracha(molekula, kation, anion)dir. Kislota proton berib asosga aylanadi.Kislotadan tashkil topgan va proton berishi hisobiga asos ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.59 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.59 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:48 ]
Arxiv ichida: doc