KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI KONSTANTASINING TEMPERATURAGA BOG'LIQLIGI Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga kirishuvchi molekulalarning o'zaro to'qnashuvi natijasida sodir bo'lganligi sababli harorat ko'tarilganda reaksiyalarning tezligi ortadi, chunki bunda molekulalarning harakatlanish tezligi kuchayib, ularning o'zaro to'qnashish ehtimolligi ko'payadi. Umuman harorat har 10C ko'tarilganda reaksiya tezligi taxminan ikki- to'rt marta ortadi, degan qoida bor. Bu Vant-Goff qoidasi deyiladi. Bu qoida barcha reaksiyalarda juda aniq bajarilmasa ham har holda reaksiya tezligiga harorat qanday ta'sir etishini ko'rsatadi. Reaksiya tezligiga haroratning ta'sirini aniq bilish chun quyidagi usuldan foydalaniladi. Reaksiyaning t haroratdagi tezlik konstantasini kt(t+10) dagi tezlik konstantasi esa kt+10 orqali belgilaymiz. Bunda: Reaksiya tezligining harorat koeffitsiyenti deyiladi. Tajriba haroratlar oralig'i kichik bo'lganda a ning qiymati haroratga qarab kam o'zgarishini ko'rsatadi ya'ni bunda a ning qiymatini o'zgarmas deb hisoblash mumkin. Umumiy holdadeyish mumkin. Masalan, agar harorat koeffitsiyenti moddaga teng desak, harorat 100 ko'tarilganda reaksiya tezligimarta ortadi. AKTIVLANISH ENERGIYASI. KATALIZ Ma'lumki, ikkita molekula o'zaro reaksiyaga kirishganida bir- biri bilan to'qnashishi kerak. Lekin tajribalar ko'rsatishicha har qanday to'qnashuvda ham reaksiya sodir bo'lavermas ekan. Arrenius barcha molekulalar emas, balki aktiv molekulalar to'qnashgandagina reaksiya sodir bo'ladi degan fikrni o'rtagatashladi. Bu degan so'z to'qnashuvda kimyoviy reaksiya sodir bo'lishi uchun to'qnashayotgan molekulalarning energiyasi barcha molekulalarning o'rtacha energiyadan ortiqcha (katta) bo'lishi kerak, demakdir. Ana shu ortiqcha energiya aktivlanish energiyasi deyiladi. Shuning uchun ham ko'p reaksiyalar oddiy sharoitda ham sekin boradi yoki sodir bo'lmaydi. Masalan, yog'och, qog'oz kerosin havoda oksidlanish va yonish xususiyatiga ega. Lekin bu reaksiyalar odatdagi sharoitda o'z-o'zicha sodir bo'lmaydi. Chunki tegishli oksidlanish reaksiyalarning aktivlanish energiyasi ancha yuqoridir. Agar harorat ko'tarilsa kislorod bilan yonuvhci material molekulalari to'qnashuv paytida qaynoq bo'ladi, ya'ni ortiqcha energiyaga ega bo'ladi va nihoyat reaksiya tezligi ortadi yonish boshlanadi. Aktivlanish energiyasi qancha katta bo'lsa berilgan haroratda reaksiya shuncha sekinlashadi: aktivlanish energiyasi pasayganda reaksiyaning tezligi ortadi. Kataliz Kimyoviy reaksiyalarning tezligining ishtrokida kataliz deyiladi. Katalizatorlar kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalar bilan o'zaro ta'sirlashib oraliq mahsulot hosil qiladigan, lekin reaksiya oxirida kimyoviy jihatdn o'zgarmay qoladigan moddalardir. Agar katalizator reaksiya tezligini oshirsa, bunday jarayon musbat kataliz katalizator qo'shilganda reaksiya tezligi kamayadigan bo'lsa, manfiy katalizator deyiladi. Katalizator reaksiyada muvozanat holati qaror topishini tezlashtiradi, xolos. Lekin uni biror tomonga siljitmaydi. Katalizator to'g'ri va teskari reaksiyalarning tezliklarini bir xil darajada oshiradi. Amalda, ko'pincha past haroratda tezliklarini bir xil darajada oshiradi. Amalda ko'pincha past haroratda muvozanat holatiga tez erishish kerak, chunki xuddi shunday sharoitda reaksiya mahsulotlari ko'p hosil bo'ladi. ya'ni muvozanat konstantasining qiymati katta bo'ladi. masalan azot bilan vodoroddan ammiak sintez qilishda reaksiya juda yuqori haroratlarda boradi, chunki bu gazlarning birikish reaksiyasining ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.46 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:48
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.46 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:48 ]
Arxiv ichida: ppt