Kimyoviy reaksiyalar

Kimyoviy reaksiyalar

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy reaksiyalar - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy reaksiyalar. kimyoviy kinetikaning asosiy vazifalari. massalar ta'siri qonuni REJA: reaksiya tezligiga temperaturaning ta'siri reaksiya tezligiga kontsentratsiyaning ta'siri. Ximiyaviy reaksiyalarning aktivlanish energiyasi Massalar ta'siri qonuni. Zanjir reaksiyalar. Kataliz. Kimyoviy kinetikaning vazifalari. Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo'lishi oxirigacha borishi. Tomogen va geterogen reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi. Massalar ta'siri qonuni. Kimyoviy reaksiya tezligiga ta'sir qiluvchi omillar. Temperatura va katalizatorlarning ta'siri va boshqalar. Zanjirli kimyoviy reaksiyalar. Ximiyaviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kiruvchi moddalar kontsentratsiyalarning vaqt birligi ichida o'zgarishi bilan o'lchanadi. Kontsentratsiya, hajm birligidagi modda miqdoridir. Ximiyaviy reaksiya tezligini o'lchashda moddalar kontsentratsiyasini mollar hisobida, vaqt birligi esa-sekund, minut hisobida olinadi. reaksiya tezligi qaysi modda miqdorini o'lchash qylay bo'lsa, o'sha modda kontsentratsiyasini o'zgarishi bilan o'lchanadi. reaksiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyalari reaksiya davom etgan sari kamayadi; hosil bo'ladigan mahsulotlar esa ortib boradi. Ko'pincha dastlabki moddalar kontsentratsiyalarning kamayishidan foydalanadi. Ximiyaviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar tabiatiga, temperatura, bosimga, katalizatorlarning ishtirok etish etmasligiga va boshqa faktorlarga bog'liq. reaksiya tezligiga temperaturaning ta'siri Molekula va atomlar harakatda bo'lganda ularning reaksiyaga kirishishi ortadi. Zarrachalarni harakatga keltirish uchun, temperatura, bosimni ko'paytirish yoki rentgan nurlari, j nurlarni ta'sir ettirish kerak bo'ladi. Temperatura ham 10S ga oshganda reaksiyaning tezligi 2-4 marta ortishini dastlab Vant-Gaff tajribasi asosida ta'rifladi. Agar 0 gradusdagi tezlikni Vt bilan belgilasak reaksiya tezligining temperatura bilan o'zgarishini quyidagi tenglama bilan ifodalanadi. Bu tenglamadagi temperatura 10S ko'tarilganda reaksiya tezligining necha marta oshishini ko'rsatuvchi son reaksiyaning temperatura koeffitsiyenti deb ataladi. reaksiya tezligining temperaturaning ta'sirini ko'rsatish uchun natriy tiosulfat Na S O bilan sulfat kislota eritmalarining o'zaro reaksiyasini ko'rsatish mumkin. Na2 S2 O3 + H2 SO4 - - - Na2 SO4 + SO2 + ↓ S + H2 SO reaksiya 2 va 3 S da o'tkaziladi. Unda oltingugurt cho'kmasi hosil bo'lishi sababli eritma loyqaanadi. 30 S da reaksiya 20S dagiga nisbatan 2 marta kam vaqt ichida tugaydi. Keyingi vaqtda fizik ta'sirlar qatoriga moddaga lazer nurlar yuborish ham qo'shildi. Lazer ta'sirida grafitdan olmos sintezi amalga oshirildi va ximiyaviy reaksiyalar mexanizmini o'rganishda keng foydalanmoqda. reaksiya tezligiga kontsentratsiyaning ta'siri. reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyalari katta ta'sir etadi. Tomogen bir jinsli sistemalarga gazlar aralashmasi, tuz yoki qand eritmasi umuman eritmalar kiradi. Fizik yoki ximiyaviy xossalari jihatdan o'zaro farq qiladigan va bir-biridan chegara sirtlari bilan ajralgan ikki yoki bir necha qismlardan tuzilgan sistema geterogen yoki ko'p jinsli sistema deb ataladi. Masalan: o'zaro aralashib ketmaydigan ikki suyuqlik bir idishdagi suv va simob va qattiq jismlarning aralashmalari geterogen sistemalardir. reaksiya tezligiga kontsentratsiyaning ta'sir etish sabab shundaki, moddalar orasida o'zaro ta'sir hosil bo'lishi uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.68 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.68 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga