Kimyoviy reaksiyalarning kinetik tasnifi

Kimyoviy reaksiyalarning kinetik tasnifi

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy reaksiyalarning kinetik tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy reaksiyalarning kinetik tasnifi Reja: Reaksiyalarning tartibi Aktivlanish nazariyasi Geterogen reaksiyalar Kimyoviy reaksiyalar kinetik jihatdan molekulyarligi va tartibiga ko'ra tasniflanadi. Reaksiyaning molekulyarligi bir vaqtda to'qnashib, kimyoviy reaksiyaga kirishgan molekulalar soni bilan belgilanadi. Reaksiyalar bu jihatdan bir molekulyar (monomolekulyar), ikki molekulyar (bimolekulyar), uch molekulyar (trimolekulyar) va shu kabi sinflarga bo'linadi. Bir molekulyar reaksiyalar quyidagi A → B + C + - sxema bilan ifodalanadi. Masalan: gaz muhitida boradigan reaksiya: φ2 - 2 reaksiyaning tezligi v = -dcdt = kc ga teng. K- reaksiyaning tezlik konstantasi bo'lib, sekund-1 yoki minut-1 ga teng. Bimolekulyar reaksiyalar deb, bir tur moddaning bir molekulasi bir vaqtning o'zida ikkinchi tur moddaning bir molekulasi bilan to'qnashuvi yoki bir turdagi moddaning ikki molekulasi o'zaro to'qnashishi natijasida sodir bo'ladigan reaksiyalarga aytiladi. Bimolekulyar reaksiyaning sxemasi: A + B → C + D yoki A + A → B + C + shaklida yoziladi. Vodorod yodidning ajralishi 2HJ→H2 + J2 misol bo'la oladi. Bu reaksiyaning tezligi; dcdt = KC1.C2. Agar C1 = Cl bo'lsa v = kC2 bo'ladi. Bu yerda k ning o'lchami 13 m-1 t-1, bo'lib, lmol.sek o'lchanadi. Trimolekulyar reaksiyalarda bir vaqtda bir moddaning uch molekulasi to'qnash keladi. A + B + C → D + E + F + … yoki 3A → B + C + D Bu reaksiyaning tezligi, dcdt = kC1 C2 C3 C1 C2 C3 dastlabki 1 6m-1 t-1 bo'lib l2mol2*sek da o'lchanadi. 2NO + H2 = N2O + H2O Trimolekulyar reaksiyaga misol bo'la oladi. Reaksiyalarning tartibi Reaksiyaning tezligi konsentratsiyaning qanday darajaga chiqarilganiga bog'liq bo'lsa, reaksiya tartibi o'sha darajani ko'rsatgan songa teng bo'ladi. Reaksiyaning tartibi empirik ravishda topiladi aA + bB → pC + qD Reaksiyaning kinetik tenglamasi v=r[A]a [B]b bo'lgani uchun, bu reaksiyaning tartibi konsentratsiyalanish daraja ko'rsatkichlari yig'indisi d+b=n dir. Agar reagentlar stexometrik nisbatda olingan bo'lsa, reaksiya tezligi bilan konsentratsiya orasidagi munosabat umumiy tarzda: ko'rinishda yoziladi. Bu tenglamadagi t reaksiyaning tartibi, k esa tezlik konstantasi, C esa reaksiya uchun olingan moddalarning konsentratsiyasi. Sanoatda reaksiyaning tartibi va uning molekulyarligi degan tushunchalar quyidagi ikki holatda boshqa-boshqa ma'noni beradi. 1) Bu holda reaksiya bosqichlar bilan boradi. Bir necha bosqichda boradigan reaksiya tezligi eng sust boradigan bosqich tezligiga bog'liq bo'ladi, chunki boshqa bosqichlar tez borsa ham, sust boruvchi bosqich butun jarayonni kechiktirib turadi. Agar ana shu sust boruvchi bosqich, masalan, bimolekulyar bo'lsa, u holda barcha jarayonning tezligi ikkinchi tartibli reaksiya qonunlariga bo'ysunadi. Bu holda eng sust boruvchi bosqichning molekulyarligi umumiy jarayonning qaysi tartibli reaksiya ekanligini aniqlab beradi. 2) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.75 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.75 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga