Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo'lishi. Kimyoviy reaksiya tenglamalari. koeffitsiyentlar 7-sinf Kimyo darsligi asosida 12-mavzu Reja: 2 3 Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo'lishi 1 Kimyoviy reaksiya tenglamalari koeffitsiyentlar Oddiy sham ochiq havoda turganda hech qanday hodisa ro'y bermaydi. Agar u gugurt alangasi yordamida qizdirilsa, kimyoviy reaksiya boshlanadi. Tabiiy gaz va havo yopiq xonada o'zaro ta'sirlashmaydi. Lekin elektr yoritkich ulagichidan chiqqan kichik uchqun yoki cho'g'lanib turgan sigareta bu xonada kuchli portlashga sabab bo'ladi. Temir bo'lagi suv ishtirokida havo kislorodi bilan sekin-asta ta'sirlashadi (zanglaydi), oq fosfor bo'lagi esa havoda darhol yonib ketadi. Bularning barchasi kimyoviy hodisalar - kimyoviy reaksiyalardir. Sham havoda o'zgarishsiz turadi, lekin yonib turgan cho'p uning piligiga tegizilsa, sham suyuqlanadi (fizik o'zgarish), pilik orqali shimilib, yona boshlaydi (kimyoviy hodisa) va o'chirib qo'yilmaguncha yonishda davom etadi. Bu holda issiqlik berish reaksiyaning boshlanishi uchun kerak. Keyin reaksiya jarayonida issiqlik chiqib, reaksiya o'zicha davom etadi. Yog'och, qog'oz va boshqa yonuvchan moddalar yonganda ham shunday hodisa ro'y beradi. Ba'zi reaksiyalar uchun issiqlik to'xtovsiz berilishi kerak, agar qizdirish to'xtatilsa, reaksiya ham to'xtaydi: shakarning parchalanishi shunday reaksiyalarga misol bo'ladi. Temirga nam havo kislorodi, oq fosforga havo tegishi bilan sodir bo'ladigan reaksiyalar uchun moddalarning bir-biriga tegib turishining o'zi kifoya qiladi Reaksiya sodir bo'lishini osonlashtirish uchun moddalarning birbiriga tegib turadigan yuza sathi katta bo'lishi, qattiq moddalar maydalanishi yoki zarurat bo'lganda kukun holiga keltirilishi lozim. Tabiatda yoki kimyo laboratoriyasida sodir bo'layotgan kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy formulalar bilan ifodalash mumkin. Masalan, vodorod va kislorod o'zaro reaksiyaga kirishib, suv hosil qiladi. Reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo'layotgan moddalar orasiga «+» ishorasi qo'yiladi: Chap tomon ® H2 + O2 = H2O - o'ng tomon. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni, reaksiya natijasida hosil bo'lgan yangi moddalar tarkibidagi atomlar soniga teng bo'lishi kerak. Kimyoviy tenglama, bu kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar yordamida ifodalanishidir. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.62 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.62 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:50 ]
Arxiv ichida: pptx