Kimyoviy reaksiyalarning tezligi. Kimyoviy muvozanat

Kimyoviy reaksiyalarning tezligi. Kimyoviy muvozanat

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy reaksiyalarning tezligi. Kimyoviy muvozanat - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy reaksiyalarning tezligi. Kimyoviy muvozanat Reja: Kimyoviy reaksiyalarning tezligi Kimyoviy muvozanat Kimyoviy reaksiyalarning tezligi Kimyoda fazoning modda yoki moddalar aralashmasi bilan to'ldirilgan va tashqi jihatdan ajratilgan bir qismi sistema deb ataladi. Har joyida bir xil fizik xossaga va bir xil kimyoviy tarkibga ega bo'lgan hamda chegara sathi bo'lgan sistemaning alohida qismi faza deyiladi. Gazlar aralashmasi, suv, eritmalar gomogen sistemaga misol bo'la oladi (fazalar soni 1). Bir qancha fazalardan iborat bo'lgan sistemalar geterogen sistema bo'ladi. Masalan: 1)Suv - muz - suv bug'i (fazalar soni) 2)Suv - kislorod - vodorod (fazalar soni) 3)Magniy karbonat - suv - karbonat angidrid (fazalar soni) Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyalari ko'paytmasiga to'g'ri proportsionaldir. A va B moddalar A + B = C tenglama bo'yicha reaksiyaga kirishsa, shu reaksiya uchun massalar ta'siri qonunining matematik ifodasi quyidagicha bo'ladi: u = k[A][B], bu yerda и - reaksiya tezligi, [A] va [B] lar - A, B moddalarning molyar konsentratsiyalari va k - proportsionallik koeffitsienti (tezlik konstantasi), bu koeffisient reaksiya tezligini reaksiyaga kiruvchi moddalar tabiatiga bog'liq ekanligini ifodalaydi. Geterogen sistemalarda kimyoviy reaksiyalarning tezligi. Gomogen sistemada reaksiyaning borishini belgilovchi qonuniyatlardan geterogen sistema uchun to'la foydalanib bo'lmaydi. Masalan, «Bug' - qattiq modda» geterogen sistemada gaz va qattiq modda molekulalarining to'qnashishi faqat fazalar chegarasidagina bo'lishi mumkin, shunday qilib, qattiq moddaning umumiy konsenratsiyasi (qattiq fazaning massasi) reaksiya tezligiga ta'sir etmaydi. Temir (II)-oksidni vodorod bilan qaytarish reaksiyasi FeO + H2 = Fe + H2O Reaksiya tezligi vodorod konsentratsiyasigagina proporsional bo'ladi, ya'ni u = k[H2] Geterogen sistemada reaksiya fazalar chegarasi sathidagina bo'lgani sababli, shu sath qancha katta bo'lsa, reaksiya tezligi shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham qattiq moddalar juda maydalangan holda ancha tezroq reaksiyaga kirishadi. Reaksiya tezligiga temperaturaning ta'siri. Temperatura ortishi bilan reaksiya tezligi ortadi, chunki energiya olish bilan aktiv molekulalarning soni va ularning harakat tezligi ortadi; demak, vaqt biriligida aktiv molekulalarning to'qnashuvi ortadi. Temperatura har 10 gradusga ortishi bilan reaksiya tezligi 2-3 marta ortadi. Temperatura har 10o ga ko'tarilganda reaksiya tezligi necha marta ortishini ko'rsatadigan son reaksiyaning temperatura koeffisienti deyiladi. Reaksiya tezligiga katalizatorning ta'siri.Kimyoviy protsessning tezligini o'zgartiruvchi moddalar katalizatorlar deyiladi. Katalizatorlar qattiq, suyuq va gaz moddalar bo'lishi mumkin, ularning tarkibi va miqdori reaksiya ohirida o'zgarmaydi. Kimyoviy muvozanat Hamma kimyoviy reaksiyalarning ikki tipga bo'lish mumkin: qaytmas va qaytar reaksiyalar. Bir vaqtning o'zida qarama-qarshi tomonga boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar, amaliy jihatdan bir tomonga oxirigacha boradigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Ko'pchilik reaksiyalar amaliy jihatdan qaytar reaksiyalardir. nA + mB = pC + qD Agar kimyoviy protsess qaytar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.49 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.49 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga