Maktabda kimyoviy tajriba, uning vazifalari. Kimyoviy tajribalar va kimyo xonasiga bo'lgan talablar Reja. 1. Kimyo o'qitish jarayonida eksperiment, uning turlari. 2. Kimyoviy tajribalar ko'rsatish. 3. Maktabda kimyo xonasiga qo'yiladigan talablar. 4. Kimyoviy tajribaning bajarilishiga bo'lgan talablar. 5. Ko'rgazmali va o'quv tajribalarga qo'yilgan talablar. 6. Kimyoviy tajribalar o'qitish jarayonida qachon qo'llaniladi? Maktabda kimyo asoslarini o'qitish tegishli kimyoviy tajribalarni tashkil etmasdan turib takomillasha olmaydi. Kimyoviy tajriba moddalar va kimyoviy reaksiyalar haqidagi bilim manbai - o'quvchilarning bilim olish faoliyatini oshirish va darsga barqaror qiziqishini tarbiyalashda, kimyoviy bilimlarni amalda qo'llash tasavvurlarning shakllanishida muhim shart hisoblanadi. Tajriba - mavzui yoki eng muhim tomonlarini turli asbob-qurol, texnik vositalar yordamida ajratish va o'rganish imkonini beradi. Zarur bo'lganda tajriba tadqiqotchi tomonidan takrorlanishi mumkin. Bu esa ko'p jihatdan ilmiy tajribaning asosiy vazifasini bizni qurshab turgan borliq haqida ishonchli dalillar olishni aniqlaydi. O'quv tajribasining ilmiy tajribadan farqi shuki, uning natijasi oldindan ma'lum bo'ladi. O'quv tajribasi texnik jihatdan birmuncha sodda va odatda vaqti cheklangan bo'ladi. O'quv tajribasi maktab kimyo kursida oziga xos o'rganish obyekti, tadqiqot usuli, yangi bilimning vositasi va manbaidir. Maktab kimyoviy tajribasi uch asosiy vazifani bajaradi: O'qitish, bilim olish - kimyo asoslarini ozlashtirish uchun amaliy muammolarni qo'yish va yechish, hozirgi zamon hayotida kimyoning ahamiyatini aniqlash. Tarbiya berish - materialistik dunyo qarashni shakllantirish, mehnatga bo'lgan ehtiyojni ongli ravishda his etish, o'quvchilarni ishchi kasbiga ihlosini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish. Rivojlantiruvchi vazifa umumiy ilmiy va amaliy bilim hamda mahoratlarni egallash va ularni takomillashtirishdan iborat. Kimyoviy tajribani asosiy vazifalaridan biri - kuzatishni maqsad sari yo'nalishini tashkil etish, kuzatish mahoratini shakllantirish, kuzatish natijalarini tushuntirish, ozlashtirilgan ma'lumotni xotirada saqlashdan iborat. Bundan tashqari o'quv materialini tushuntira bilish, sababning natijaga bog'liqligini qonuniyatlari, o'rganaladigan mavzuni tub mohiyatini aniqlashdan iborat. Maktab kimyo tajribasining turlari. Kimyo o'qitish amaliyotida kimyoviy tajriba ikki turga bo'linadi: Ko'rgazmali tajriba - o'qituvchi tomonidan bajariladi. O'quv tajriba laboratoriya tajribalari, amaliy mashg'ulotlar, amaliyot o'tkazish, tajribaviy masalalar yechish tarzida o'quvchilarning ozlari bajaradilar. Bu klassifikatsiya o'qituvchi va o'quvchilarning faoliyati asosida yaratilgan. Bu klassifikatsiya o'qituvchi va o'quvchilarning faoliyati asosida yaratilgan. Ko'rgazmali tajribalar dastavval o'quvchilar oldindan o'rganadigan mavzu va voqelik bilan tanish bo'lmagan va kuzatishga tayyor bo'lmagan holda o'tkaziladi. Bunday vaqtda o'qituvchi o'rganiladigan mavzuni ko'rsatibgina qolmay, balki uni kuzatishni tashkil etish va kerakli tomonga yo'naltirishi ham zarur. Kimyoviy tajriba jarayonida o'qituvchi o'quvchilar kuzatishini tashkil qiladi, laboratoriya jihozlari bilan tug'ri foydalanishni ko'rsatadi: o'quvchilar diqqatini tajriba o'tkazish sharoitlariga, uning maqsadga muvofiqligiga va ta'sir asosiga hamda havfsizlik texnikasiga jalb etadi. Kimyoviy tajriba o'ziga xos ko'rgazmali qurol va qo'llanma bo'lib, uni tayyorlash uchun o'qish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.36 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.36 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:50 ]
Arxiv ichida: doc