Kimyoviy tajribalar. Biologiya fanidan amaliy mashg'ulotlar Reja: 1. Kimyoviy tajribalar vazifalari, o'qitishni nazorat qilish. 2. O'rta maktabda kimyoviy tajribaning o'rni va ahamiyati. 3. Kimyoviy tajribaning asosiy vazifalari. 4. Maktabda kimyo fanini o'zlashtirishda amaliy tajribalarning turlari: namoyishli (ko'rgazmali) tajribalar, laboratoriya tajribalari, amaliy mashg'ulot, amaliyot. 5. Biologiya fanidan amaliy mashg'ulotlar 6. Biologiyaning ilmiy tadqiqot usullari, muammolari, nazariy va amaliy ahamiyatlari. 7. O'simlik va hayvonot dunyosini yer yuzida tarqalishi va sistematikasi. 8. Mendel qonunlari va uning biologik ahamityai. 9. Odam genetikasi va uning usullari. 10. O'simliklar seleksiyasi. 11.Ekologiya va biotexnologiya. 12. Antropogenez haqida tushuncha. Maktabda kimyoviy tajriba, uning vazifalari. Maktabda kimyo asoslarini o'qitish tegishli kimyoviy tajribalarni tashkil etmasdan turib takomillasha olmaydi. Kimyoviy tajriba moddalar va kimyoviy reaksiyalar haqidagi bilim manbai - o'quvchilarning bilim olish faoliyatini oshirish va darsga barqaror qiziqishini tarbiyalashda, kimyoviy bilimlarni amalda qo'llash tasavvurlarning shakllanishida muhim shart hisoblanadi. Tajriba - mavzui yoki eng muhim tomonlarini turli asbob-qurol, texnik vositalar yordamida ajratish va o'rganish imkonini beradi. Zarur bo'lganda tajriba tadqiqotchi tomonidan takrorlanishi mumkin. Bu esa ko'p jihatdan ilmiy tajribaning asosiy vazifasini bizni qurshab turgan borliq haqida ishonchli dalillar olishni aniqlaydi. O'quv tajribasining ilmiy tajribadan farqi shuki, uning natijasi oldindan ma'lum bo'ladi. O'quv tajribasi texnik jihatdan birmuncha sodda va odatda vaqti cheklangan bo'ladi. O'quv tajribasi maktab kimyo kursida o'ziga xos o'rganish obyekti, tadqiqot usuli, yangi bilimning vositasi va manbaidir. Maktab kimyoviy tajribasi uch asosiy vazifani bajaradi: O'qitish, bilim olish - kimyo asoslarini o'zlashtirish uchun amaliy muammolarni qo'yish va yechish, hozirgi zamon hayotida kimyoning ahamiyatini aniqlash. Tarbiya berish - demokratik dunyoqarashni shakllantirish, mehnatga bo'lgan ehtiyojni ongli ravishda his etish, o'quvchilarni ishchi kasbiga ixlosini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish. Rivojlantiruvchi vazifa umumiy ilmiy va amaliy bilim hamda mahoratlarni egallash va ularni takomillashtirishdan iborat. Kimyoviy tajribani asosiy vazifalaridan biri - kuzatishni maqsad sari yo'nalishini tashkil etish, kuzatish mahoratini shakllantirish, kuzatish natijalarini tushuntirish, o'zlashtirilgan ma'lumotni xotirada saqlashdan iborat. Bundan tashqari o'quv materialini tushuntira bilish, sababning natijaga bog'liqligini qonuniyatlari, o'rganiladigan mavzuni tub mohiyatini aniqlashdan iborat. O'qituvchi bilan birgalikda olib borilgan tajribalar o'quvchilarning texnik malakasini oshirishga yordam beradi. 3.2. Kimyo o'qitish jarayonida kimyoviy tajribani tashkil etish, uning turlari. Kimyoviy eksperiment va kimyoning nazariy materiali bir - biriga chambarchas bog'langan bo'lishi kerak. Kimyoda eksperimentga boshqa hamma fanlardagidan ko'ra ko'proq ehtiyoj tug'iladi. Kimyoning asosiy qonunlari, nazariyalari va xulosalari dalil - isbotlarga tayanadi. Ba'zi o'qituvchilar o'qitish jarayonida kimyoviy eksperimentdan juda muvaffaqiyatli sur'atda foydalanadilar. Ammo hamma o'qituvchilar ham kimyoviy eksperimentning o'qitish jarayonidagi rolini to'g'ri tushunavermaydilar. O'quvchilar eksperimentdan uni nazariy jihatdan tushunib olishga va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.02 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.02 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:50 ]
Arxiv ichida: doc