Kimyoviy termodinamika asoslari REJA KIRISh Termodinamika haqida ma'lumot. ASOSIY QISM 2.1. Termodinamik sistema va atrof-muhit. 2.2. Intensiv va ekstensiv kattaliklar. 2.3.Qaytar va qaytmas jarayonlar. Ichki energiya. Issiqlik va ish. Entalpiya. Termodinamika birinchi qonuni. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR Termodinamika haqida ma'lumot Termodinamika XIX asrning birinchi yarmida endi rivojlanayotgan issiqlik texnikasi asosida vujudga keldi. Termodinamika so'zi grekchadan olingan bo'lib, termos-issiqlik, dinamos-kuch, quvvat degan manoni anglatadi. Termodinamikaning ilk vazifasi issiqlik mashinalarida issiqlikning ishga aylanish qonuniyatlarini va bu aylanishning optimal sharoitlarini o'rganishga qaratilgan edi. Termodinamikaga asos solgan Karno (1792-1832) aynan shu maqsadni ko'zlagan. Keyinchalik termodinamika bu texnik vazifa chegarasidan ancha chiqib ketdi. Endi uning diqqat markazi fizik hodisalarni o'rganishga qaratildi va fizikaviy termodinamika vujudga keldi. Uning vazifasi materiya harakatining issiqlik shakllari qonuniyatlarini o'rganishdan iborat edi. Klassik (fenemonologik) termodinamika makroskopik sistemalarda issiqlik bilan ishni o'rganadi. U harorat, bosim va hajm singari sistemaning umumiy xossalarini qarab chiqadi. U indvidual zarrachalarning harakati, ularga ta'sir etuvchi kuchlar va zarrachalarning o'zaro ta'sirini qarab chiqmaydi. Zarrachalar katta guruhining energetik holatini statistik termodinamika o'rganadi. Termodinamikaning bu sohasi makroskopik zarrachalar uchun statistika qonunlarini tadbiq etadi. Unda kvant nazariyasining matematik metodlari keng qo'llaniladi. Kimyoviy termodinamika kimyoviy reaksiyalarda energiyaning o'zgarishini va kimyoviy sistemalar bajara oladigan foydali ish qobiliyatini o'rganadi. U kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektini, individual moddalar va aralashmalarning fazoviy aylanishini, kimyoviy muvozanatni qarab chiqadi. Kimyoviy muvozanat qonuniyatlarini bilish, ishlab chiqarish amaliyotidagi va ilmiy tadqiqot ishlaridagi ko'pgina masalalarni tajriba o'tkazmay turib yechishga imkon beradi. Ulardan asosiysi kimyoviy reaksiyani amalga oshirish sharoitini belgilash hamda u yoki bu yo'nalishda borish-bormasligini aniqlashdan iborat. Shuningdek, kimyoviy termodinamika reaksiyalarining borish darajasini, uning optimal sharoitini hamda reaksiya mahsuloti unumini oshirish yo'llarini izlaydi va o'rganadi. Termodinamik sistema va atrof-muhit Termodinamika tadqiqot obyekti termodinamik sistema bo'lib hisoblanadi. Atrof-muhitdan xayolan yoki amalda ajratib olingan jism yoki jismlar guruhiga sistema deb ataladi. Reaksion idish, galvanik element va h.k. larni sistema deb atash mumkin. Sistemani tashkil etuvchi jismlar orasida issiqlik, modda almashinuvi sodir bo'lsa hamda sistema termodinamik parametrlar orqali ifodalansa, bunday sistemani termodinamik sistema deb atash mumkin. Sistema bilan bevosita yoki bilvosita kontaktda bo'ladigan barcha narsalarga atrof-muhit deb qaraladi. Shu narsa qabul qilinganki, atrof-muhit shunchalik katta o'lchamga egaki, unga beriladigan yoki undan olinadigan issiqlik uning haroratini o'zgartirmaydi. Atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri xarakteriga qarab ochiq, yopiq va izolyatsiyalangan sistemalar farqlanadi. Ochiq sistemalar atrof-muhit bilan modda va energiya almashina oladi. Masalan, eritma solingan chinni kosacha. Undan erituvchi bug'lanishi va u atrof-muhit tomonidan isitilishi yoki sovitilishi mumkin. Atrof-muhit bilan modda almashina olmaydigan, ammo energiya almashina oladigan sistemalarga yopiq sistemalar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
842.92 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
842.92 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:50 ]
Arxiv ichida: ppt