Kimyoviy texnologik jarayon (ktj) haqida tushuncha. Ularning klassifikatsiyasi Reja: Kimyoviy texnologik jarayon. Texnologik jarayonlarning sinflari. Kimyoviy texnologik jarayonning tarkibi. Kimyoviy texnologik jarayonning tezligi. Kimyoviy texnologik jarayonning muvozanati. Kimyoviy texnologik jarayonni jadallashtirish. Gomogen kimyoviy jarayonlar. Gomogen reaksiyalarni asosiy xususiyatlari. Geterogen jarayonlar. Katalitik jarayonlar. Katalizni sinflari. Katalizni umumiy prinsiplari. Gomogen va geterogen kataliz. Katalizatorlar Neft kimyosi sanoatida turli-tuman texnologik jarayonlar ishlatiladi. Bunday jarayonlar ayrim belgilariga asosan bir necha sinflarga bulinadi. Texnologiya jarayonlarini ularni harakatlantiruvchi kuchiga ko'ra turlarga bo'lish maqsadga muvofik. Shunga ko'ra asosiy jarayonlar 5 guruhga bulinadi: Mexanik jarayonlar; Gidromexanik jarayonlar; issiqlik almashinish jarayonlari; Modda almashinish jarayonlari; Kimyoviy jarayonlar. 1) Kimyoviy texnologiyada mexanik jarayonlar alohida ahamiyatga ega. Mexanik jarayonlarning tezligi qattiq jism mexanikasi qonunlari bilan ifodalanadi. Bunday jarayonlar materiallarga mexanik kuch ta'sir qilishiga asoslanadi. Mexanik jarayonlar (maydalash, klasslarga ajratish, saralash, aralashtirish, ezish, uzatish va xokazo) kimyo va boshqa sanoat korxonalarida ko'p ishlatiladi. Moddalarning diffuziyasi bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarning tezligi fazalarning o'zaro ta'sir qilish yuzasiga bog'liq. o'zaro ta'sir yuzasining katta bo'lishi fazalarning ichidagi modda tarqalishini va modda bir fazadan ikkinchi fazaga utishini tezlatadi. Yuza kattarok bulsa, kimyoviy jarayon xam tezlashadi. ayniqsa, kimyoviy yoki diffuzion jarayonda qattiq faza katnashsa, o'zaro ta'sir yuzasini ko'paytirish alohida ahamiyatga ega. qattiq fazaning yuzasini ko'paytirishga tashqi kuch ta'sirida zarrachalarni maydalash yo'li bilan erishiladi. Maydalash paytida material bo'laklarining o'lchami ancha kamayadi. 2) Neft kimyosi sanoatining barcha tarmoqlarida gidromexanik jarayonlar ko'p ishlatiladi. Bunday jarayonlar katoriga kuyidagilar kiradi: a) suyuqliklar, gazlar va ularning aralashmalarini truboprovodlar va qurilmalar orqali siljitish; b) turli jinsli sistemalarni turli usullar bilan ajratish (chuktirish, filtrlash, tsentrifugalash); v) suyuk muhitlarni aralashtirish; g) qattiq jismlarni havo oqimi yordamida uzatish (pnevmotransport); d) mavxum kaynash qatlamining hosil bo'lishi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan ifodalanadi. Gidromexanika - suyuqlikning muvozanati va harakatini hamda suyuqlik bilan unga tula yoki kisman chuktirilgan jism o'rtasidagi o'zaro ta'sirini o'rganuvchi fan. Sanoat qurilmalarida olib boriladigan issiqlik va modda almashinish jarayonlarining tezligi kupincha gidromexanika qonuniyatlariga bog'liq bo'ladi. Gidromexanika qonunlari va ulardan amaliyotda foydalanish usullari gidravlik fanida urganiladi. Gidravlika ikki asosiy kismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o'rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning harakat qonunlarini o'rganadigan gidrodinamikadan iborat. suyuqlik va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan past bo'lgani uchun ularning harakat qonunlari bir xil. Shuning uchun gidravlikada suyuqlik deyilganda gaz xam, suyuqlik xam tushuniladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun suyuqliklar tomchisi, gazlar esa elastik suyuqlik deb karaladi. suyuqlik va gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga uxshaydi: 1)suyuqliklar xuddi gazlar kabi malum shaklga ega emas, uning fizik xossalari barcha yo'nalishda bir xil, yani izotropdir; 2) gazlarning kovushkokligi kichik ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
219.67 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
219.67 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:50 ]
Arxiv ichida: doc