Kimyoviy texnologiyaning asosiy qonuniyatlari (gomogen jarayonlar) Reja: Jarayonlardagi reagent va reaksiya masulotlarining fazaviy holatlari bo'yicha sinflash Reagenlarni kontaktlashishi prinsipi bo'yicha, texnologik rejimning parametlari va boshqa belgilar bo'yicha sinflash. Kimyoviy texnologik jarayonlar haqida tushuncha. Asosiy jarayonlarning turlari. Kimyoviy texnologiyada fizikaviy va kimyoviy hodisalar birgalikda olib qaraladi. Kimyoviy - texnologik jarayon bu dastlabki xom ashyolardan olinishi ko'zlangan tayyor mahsulotni olishga imkon beradigan operatsiyalar majmuidan iborat.kimyoviy va ozik-ovqat sanoatida turli - tuman texnologik jarayonlar ishlatiladi. Bunday jarayonlar ayorim belgilariga karab bir necha sinflarga bulinadi. Texnologiya jarayonlarini ularning har akatlantiruvchi kuchiga ko'ra 5 sinfga bulinadi: 1.Mexanik jarayonlar, 2.Gidromexanik jarayonlari, 3. Issiqlik almashinish jarayonlari, 4. Modda almashinish jarayonlari, 5. Kimyoviy jarayonlar, Mexanik jarayonlar qattiq materiallarni mexanik kuch ta'sirida qayta ishlash bilan bog'liq. Bunday jarayonlarga saralash,uzatish, aralashtirish, maydalash kabilar kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Bunda har akatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi yoki markazdan kochma kuch bajaradi. Gidromexanik kuchlarga suyuk va gazsimon sistemalardagi har akat (aralashtirish, filtrlash, chuktirish) bilan bog'liq jarayonlar kiradi. Bunday jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniklanadi. Gidromexanik jarayonlarning har akatlantiruvi kuchi - gidrostatik va gidrodinamik bosimdir. Issiqlik almashinish jarayoni - har oratlar farqi mavjud bo'lgan da bir (har orati yuqori) jismdan ikkinchi (har orati past) jismga issiqlikning utishidir. Bu guruhga sovitish, isitish. Buglatish, kondensatlash va sun'iy sovuk hosil qilish jarayonlari kiradi. Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga bog'liq holda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi, issiqlik jarayonlarining har akatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va sovuk muhitlar o'rtasidagi har oratlar farqi ishlatiladi. Modda almashinish bir yoki birnecha komponentlarning bir fazadan fazalarni ajratuvchi yuza orqali ikkinchi fazaga utishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga molekulyar va turbulent difuziyalar yordamida utadi.Shu sababli bu jarayonlar diffuzion jarayonlar xam deyiladi. Bu guruhga absorbilash, adsorblash, suyuqliklarni xaydash ekstraksiyalash ,kuritish jarayonlari kiradi. Jarayonlarning tezligi fazalarning gidrodinamik har akatiga bog'liq bo'lib, modda o'tkazish qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Modda almashinish jarayonlarining har akatlantiruvchi kuchi fazadagi kontsenttratsiyalarning farqi bilan belgilanadi. Kimyoviy jarayonlar moddalarning o'zaro ta'siri natijasida Yangi birikmalarning hosil bo'lishidir.Kimyoviy reaksiyalarda issilik va modda almashinish jarayonlari xam sodir bo'ladi. Bundagi jarayonlarning tezligi kimyoviy kinetika qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Reaksiyalar tezligi,ayniqsa sanoat mikyosida moddalarning gidromexanik har akatiga,kimyoviy jarayonlarning har akatlantiruvchi kuchi esa raeksiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi. Mexanik, gidromexanik,issiqlik almashinish,modda almashinish kabi jarayonlar kimyoviy texnologik jarayonlarning elementlari bo'lib, ular «kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari» kursida,kimyoviy jarayonlar esa «kimyoviy texnologiya» kursida urganiladi. Kimyoviy texnologiya jarayonlar (mexanik gidromexanik, issiqlik va modda almashinish)ning asosini material oqimi o'rtasidagi modda yoki energiya almashinuvi tashkil etadi. Ushbu jarayonlarning negizi gidrodinamika va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
146.29 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
146.29 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:51 ]
Arxiv ichida: docx