Kimyoviy texnologiyaning asosiy tushuncha va ta'riflari Reja: 1. Kimyoviy texnologiya fani va uning muhim vazifalari. 2 Kimyo sanoatining ahamiyati. 3 Kimyoviy ishlab chiqarishning paydo bo'lishi va taraqqiyoti. 4-O'zbekistonda kimyoviy ishlab chiqarishning paydo bo'lishi va taraqqiyoti. 5 Kimyoviy ishlab chiqarishning texnologik va texnik iqtisodiy ko'rsatgichlari. 6 Kimyoviy texnologik jarayonlar haqida tushuncha. Asosiy jarayonlarning turlari. 7 Texnologik jarayonlarda muvozanat. 1. Kimyoviy texnologiya fani va uning muhim vazifalari. texnologiya so'zi grekcha texnos kasb, hunar, mahorat logos-fan so'zlardan olingan bo'lib kasb, hunar, haqidagi fan demakdir. Ammo bunday mano hozirgi zamon texnologiyasining mazmuniga to'liq mos kelmasada tarixiy nom sifatida saqlanmokda.texnologiya-tabiiy xom ashyolarni qayta ishlab, istemol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirish usullari va jarayonlarini o'rganadigan fandir.Qayta ishlash usullari -xom ashyo tayyor mahsulotga aylanguncha qo'llaniladigan barcha operatsiyalar (texnalogik jarayon davomida bajariladigan har bir ayrim ish) majmuidir.Har qanday kimyoviy mahsulotni ishlab chiqarish bir qancha mexanik,kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlardan iboratdir. Ular birgalikda texnologiya jarayonini tashkil etadi. texnologiya termini obrazli qilib aytganda u fan bilan ishlab chiqarishni bog'lovchi ko'prikdir. texnologiyaga berilgan bu ta'rif uning ikki yoqlama xarakterini belgilaydi. texnologiya ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlarining bir butunligi haqidagi fandir deyish mumkin. Xom ashyoni qayta ishlab mahsulotga aylantiradigan mashina apparatlar majmuiga texnologik sistema deyiladi.Tegishli mashina va apparatlarda boradigan aperattsiyalarni birin-ketin ta'riflash yoki grafik shaklida tasvirlash texnologik sxema deb ataladi. Texnologiya mexanik va kimyoviy texnologiyaga bo'linadi. Mexanik texnologiya qayta ishlanadigan materiallarning faqat shakli va bazan fizikoviy xossalari o'zgarish jarayonlarini o'rganadi. Kimyoviy texnologiya moddalar tarkibi, xossalari va tuzilishining o'zgarishi bilan boradigan jarayonlarni, hamda bu jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan apparatlarni o'rganadi.Bunday bo'lish nisbatan shartlidir,chunki bazan,moddalarga mexanik ishlov berilganda ularda kimyoviy reaksiyalar ham boradi.Masalan:cho'yan yoki po'latni suyuqlantirib suyuqlanmalarini qo'yish jarayoni mexanik texnologiyaga kiradi,ammo unda kimyoviy reaksiyalar ham bo'ladi,kimyoviy jarayonlar esa o'z navbatida mexanik jarayonlar bilan birgalikda sodir bo'ladi. Kimyoviy texnologiyaning muhim vazifasi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishda u yoki bu kimyoviy reaksiyalarning borishi uchun qulay,optimal iqtisodiy samarali usullar va sharoitlarni qidirib topishdir. Kimyoviy texnologiya ashyoni kimyoviy qayta ishlashni boshqarish jarayonlarini, sotsial va iqtisodiy faktorlarni resurslar bilan ta'minlash va ishlab chiqarishdagi hafsizlikni ta'minlash,paramentlaring (har orat, bosim, jarayon, kontsentratsiyasi xom ashyoni qayta ishlash tezligi va boshqalar) optimal qiymatlarini topish,apparatlarni tayyorlash uchun materiallarni tanlash, jarayonining texnalogik sxemasiniyaratish va ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish kabi ishlarni bajaradi. Bularni amalga oshirishda u kimyo va fizikaning fundamental qonunlaridan foydalanadi. 2. Kimyo sanoatining ahamiyati. Kimyo sanoati xalq xo'jaligining eng inqilobiy tarmog'i bo'lib, butun iqtisodiy taraqqiyotga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Kimyo sanoatining xom ashyosi bu bitmas tuganmas arzon va tekin-moddalar: tuproq, suv, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
91.45 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
91.45 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:51 ]
Arxiv ichida: docx