Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish texnologiyalari

Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish texnologiyalari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish texnologiyalari Reja: sun'iy va sintetik tolalar, tola ishlab chiqarish bosqichlari. Viskoza tolasi ishlab chiqarish. Atsetat va kapron tolasi ishlab chiqarish Atsetat va kapron tolasi ishlab chiqarish 1. sun'iy va sintetik tolalar, tola ishlab chiqarish bosqichlari. Uzunligi kundalang kesimidan bir necha marta katta bo'lgan moddalar tola deyiladi. Tolaning kundalang kesimi juda kichik bo'lib u mikronlarda ulchanadi. Kelib chiqishiga karab, tolalar tabiiy va kimyoviy tolalarga bulinadi. Tabiiy tolalarga paxta, jun, kanop, zigir tolasi, ipak va boshqalar kiradi. Kimyoviy tolalar sun'iy va sintetik bo'ladi. sun'iy tolalar tabiiysini kimyoviy qayta ishlov berish bilan olinadi, (asosan tsellyulozadan olinadi). Masalan: viskoza, mis-ammiakli, atsetatli, oqsilli, algenatli (dengiz suv utlaridan ajratib olinadigan algin kislota asosidagi tola) va boshqa sintetik tolalar tabiiy bo'lmagan monomerlardan sintez qilib olinadi. Masalan: kapron, neylon, anid, nitron, lavsan va xoka'zolar. Kimyoviy tolalarni kiyim kechaklarda tayyorlashda va texnik maqsadlarda keng ishlatilishi, ularga bo'lgan talabning kun sayin oshib borayotganligining sababi ularning xom ashyosi amalda bitmas tuganmasligidir, ularni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan arzonligi, tavbiiy tolalar kabi tuproq unumdorligi, iqlim sharoitlarga bog'liq bo'lmaganligi, ularda tabiiy tolalarda bulmatan ayrim muhim xossalarining mavjudligi, ishlatish sohasiga va xoxishiga karab tolaga kerakli xossani berish imkoniyatining mavjudligi kabilardir. Masalan, 1 t jun ishlab chiqarish uchun 400, paxta uchun28, viskoza uchun 50 mexnpt kuchi sarflanadi. kupgina kimyoviy tolalar agrissiv kimyoviy reaktirlarga, nur va suv ta'siriga chidamli, chirimaydi, mikroorganizmlarta'sir etmaydi. ulardan keng istemol tovarlari tayyorlanadi. Kimyoviy tola ishlab chiqarish texnologiyasi qanday xom ashyodan olinishidan katiy nazar 4 bosqichdan: dastlabki (xom) polimer olish, yigiruv mahsulotini tayyorlash, tolaga shakl berish, pardozlash bosqichlaridan iborat. Dastlabki (xom) polimerning olinishi. xom ashyo tabiiy polimer bulsa uni kushimchalardan taxminiy tozalanadi. Monomer bulsa polimer sintezlanadi, smola olinadi. Bunda qanday xom ashyodan foydalanishdan katiy nazar olinadigan polimerga quyidagi umumiy talablar kuyiladi: 1. to'g'ri chiziqli tuzilishga ega bo'lgan polimer olish. Shundagina uni eritish yoki suyuklantirish hamda tola yo'nalishini tartibga solish mumkin. 2. Polimerning molekulyar massasini malum darajada saqlash (odatda 1500 - 100 atrofida). Agar mol massasi bundan kichik bulsa, undan olingan tola mustahkam bulmaydi, aksincha katta bulsa uning eritmasi yoki suyuklanmasining okuvchanligi kamayib, yopishkok bo'ladi va tolaga shakl berish qiyinlashadi. 3. Olingan polimer juda toza bo'lishi kerak, aks holda xatto ozgina begona aralashma xam tola mustahkamligi va sifatini pasaytiradi. Yiguruv mahsulotlarini tayyorlash. Buning uchun polimer erituvchilarda (ishkor, spirt, atseton, dimetilformamid va boshqalar) eritilib 7-25% li eritma tayyorlanadi yoki suyuklantiriladi. Chunki tola fakat eritma yoki suyulanma holatida bo'lgan ida, unga shakl berilganida tola makromolekulasi uning uzunasi buylab orientatsiyalana oladi, polimer makromolekeulasidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 114.98 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 114.98 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga