Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi soxasida zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari

Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi soxasida zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi soxasida zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi sohasida zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari Reja: Kirish. Mikroskopiya usuli. Infraqizil spektroskopiya tahlili 4. Termografiya tahlili 5. Rentgenografiya usuli. 1. Kirish Tabiiy va sun'iy minerallar va kimyoviy birikmalarning strukturalari, fazaviy tarkiblari, mikro tuzilishi, issiqlik ta'sirida strukturalarini o'zgartirishlari fizik-kimyoviy tekshirishlar orqali aniqlanadi. Materiallarni fizik-kimyoviy tahlilining asosiy usullari qatoriga quyidagilar kiradi: Mikroskopiya usuli Elektron mikroskopiya usuli Rentgenografiya usuli Termografiya usuli IQ spektroskopiya usuli Yadro magnit rezonans usuli (YaMR) Elektron paramagnit rezonansi usuli (EPR) Elektronografiya usuli Xromotografiya usuli Magnetoximiya usuli Izotropiya usuli Kimyoviy tahlil usuli Spektral tahlil usuli Boshqa usullar. Birinchi beshta usul eng ko'p qo'llaniladigan usullar qatoriga kiradi. 2. Mikroskopiya usuli Anorganik moddalar kimyosi va texnologiyasida kimyoviy moddalarning xossalari va sifatini o'rganishda keng qo'llaniladigan qadimgi usul mikroskopiyadir. Mikroskopiya ilmiy tekshirish ishlari olib borishda mikroskopni qo'llash va mikroskopik pereparatlar yordamida juda kichik, mayda, faqat mikroskop bilangina ko'rinadigan zarrachalarning spetsifik xossa-xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan usuldir. U aniq kimyoviy metodlardan foydalanib, juda oz miqdordagi moddalarni tahlil qilish imkonini beradi. Mikroskopiya usulida tekshirish usullari ham turlicha bo'lib, ularni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: Optika usullari. Bu guruhga umumiy nomi kristallooptika deb ataluvchi immersion tahlil, metallografik tahlil, monokristallar tahlili kirgan bo'lib, ular maxsus optika asboblari-polyarizatsion va metallografik mikroskoplar orqali olib boriladi. Kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar. Bularga petrografiyaning petrokimyo, petrurgiya, petrofizika kabi sohalari kiradi. Bu usullar yordamida materiallarning tarkibini mukammal o'rganish va ularning paydo bo'lishi, xossa-xususiyatlarini fizik-kimyoviy qonunlar nuqtai nazaridan talqin etish mumkin. Hozirgi vaqtda mineralogik-geokimyoviy tekshirish usuli nomi bilan ataluvchi tadqiqotlarni o'tkazishda spektral, rentgenospektral va radiometrik tahlil usullaridan foydalaniladi. Petrokimyo usuli yordamida jins hosil qiluvchi elementlarning taqsimlanishi hisobga olinadi. Mineralogik- geokimyo usulida jinslar tarkibiga kirgan tarqoq holda va miqdori oz bo'lgan minerallar aniqlanadi. Rentgenoelektromikro tahlil metodi yordamida esa minerallarni tarkibi tez va sifatli aniqlanadi. Petrurgiya usulida sun'iy mahsulotlar o'rganilib, ularning tabiiy minerallar ginezisiga o'xshash-o'xshamasligi aniqlanadi. Petrofizika usullarida esa turli apparatlar yordamida tiktonik jarayonlar, ularning zichligi, elektr issiqlik hamda seysmik to'lqinlarning o'tkazuvchanligi kabi xususiyatlari o'rganiladi. Zamonaviy mikroskoplar qatoriga quyidagilar kiradi: Nurli mikroskoplar. Ular qatoriga linzali teleskop-refraktorlardan tortib ikki nurli mikrointerferometrlargacha kiradi. Hozirgi kunda qo'llaniladigan nurli mikroskop polyarizatsion nurni qo'llashga asoslangan. Elektron mikrokoplar. Ularda katod nurlaridan foydalanish orqali katta yutuqlarga erishildi. Ular qatoriga elektron mikroskoplaridan tortib to hozirgi zamonaviy interferen elektron mikroskoplargacha kiradi. Nazariy jihatdan bunday mikroskoplarda 100 A0 gacha, amaliy jihatdan esa 500-100 A0 o'lchamdagi bo'lakchalarni ko'rish mumkin. Rastronurli va elektron mikroskoplar. Ular qatoriga rastronurli mikroskop, massiv obyektlarni tadqiqot qilishga mo'ljallangan rastroelektron mikroskopi, kuchlanishi 150 kV bo'lgan rastroelektron mikroskopi, katod-lyuminestsent obyektlarni tekshiruvchi rastroelektron mikroskopi, televizion tasvirli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.43 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.43 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga