Kinematik juft elementlaridagi ishqalanish kuchlari. Ilgarilanma harakatda ishqalanish

Kinematik juft elementlaridagi ishqalanish kuchlari. Ilgarilanma harakatda ishqalanish

O'quvchilarga / Kimyo
Kinematik juft elementlaridagi ishqalanish kuchlari. Ilgarilanma harakatda ishqalanish - rasmi

Material tavsifi

Kinematik juft elementlaridagi ishqalanish kuchlari. Ilgarilanma harakatda ishqalanish Reja: 1.Kinematik juft elementlardagi ishqalanish kuchlari 2. Ilgarilanma harakatda ishqalanish 3.Aylanma kinematik juftlarda ishqalanish 4.Egiluvchan zvenolardagi ishqalanish Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlari (talabaning vazifalari) Talaba ushbu mavzuni to'la o'zlashtirgandan so'ng: 1.Ishqalanish kuchi haqida biladi 2.Ishqalanishni hosil bo'lish sharoitlarini tushunadi 3.Ishqalanishni qaerlarda foydali va qachon zararli ekanligini bilib oladi 4.Ilgarilanma harakatdagi va aylanma harakatdagi ishqalanish kuchlarini ta'sirini farqlay oladi 5.Egiluvchan zvenolardagi ishqalanishni ko'paytirib yuk ko'tarish qobilyatini oshirishni tadqiq eta oladi 6.Ishqalanish kuchi mashina va mexanizmlarni ishlash jarayoniga ta'sir etishini biladi Kinematik juft elementlarining nisbiy harakatiga ko'rsatiladigan qarshilik kuchi ishqalanish kuchi deb ataladi. Ishqalanish kuchining zararli va foydali tomonlarini ko'rsatuvchi quyidagi ma'lumotlarin keltiramiz. Ayrim sanoat tarmoqlarida ishqalanish kuchlarini kamaytirish ustida ish olib bormoqdalar. Masalan, neft ishlab chiqaruvchi zavodlar ishqalanish kuchini kamaytirish uchun 100 tonnalab har xil moy ishlab chiqarishmoqda. Bu moylar mashina va mexanizmlardagi, podshipniklar, polzunlar va bir-biriga tegib harakatlanuvchi kinematik juft elementlari orasidagi ishqalanish kuchlarini kamaytirish uchun ishlatiladi. Agar kinematik juft elementlari yaxshi moylansa, ishqalanish 8 - 10 marta kamayadi. Shuningdek, ishqalanishni kamaytirish uchun sharikli podshipniklardan foydalaniladi. Dumalab ishqalanishda ishqalanish taxminan 50 marta kamayadi. Ishqalanish kamaygan sari mashina va mexanizmlarni ishlash muddati uzayadi. Lekin, ishqalanish bo'lmasa, kishilar, avtomobillar va boshqalar yura olmas, mashinalarni to'xtatib bo'lmas, hatto xonalardagi asboblar o'z joyida tura olmas edi. Shuning uchun hozirgi zamon fani ishqalanishning kamaytirish va ko'paytirish yo'larini ham o'rganib boradi. Agar biz eng yaxshi eng silliqlangan yuzalarni kattalashtiruvchi asbob orqali qarasak, uning yuzasida g'adir budurlik borligini ko'ramiz. Tokarlik va randalash stanoklarida ishlangan yuzadagi g'adir - budurliklarning balandligi 100 mikronga (1 - mikron millimertning 100 dan biri), toza ishlangan yuzalardagi g'adir - budurliklarning balandligi 25 mikronga, silliqlangan yuzalardagi g'adir - budurlik balandligi 4 - 5 mikronga, juda yaxshi yaltiratilgandan 2 mikronga va maxsus ishlangan yuzalardagi g'adir - budurlik balanligi esa 0,5 mikronga etadi. Shunday qilib, ishqalanish kuchi, yani harakatga ko'rsatiladigan qarshilik ana shu g'adir - budurlikdan kelib chiqar ekan. Kinematik juft elementlarining holatiga qarab, ishqalanish quyidagi turlarga bo'lindi. Quruq ishqalanish - bunda kinematik juft elementlarida moy yoki boshqa suyuqlik bo'lmaydi; Chegarali ishqalanish - bunda kinematik juft elementlari juda oz moylangan bo'ladi, juft elementlardagi moy qalinligi 0,1 mikron va undan ham kam bo'ladi; Suyuq ishqalanish - bunday ishqalanishda kinematik juft elementlari moy pardalari bilan qoplangan bo'lib, juft elementlari bir - biridan ana shu moy qatlami bilan ajralgan bo'ladi. Ishqalanish faqat moy qatlamlari orasida boradi; Yarim quruq ishqalanish - bunda ayni bir vaqtda quruq va chegarali ishqalanish bo'ladi; Yarim suyuq ishqalanish - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.45 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.45 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga