Kislorod guruhchasi elementlari

Kislorod guruhchasi elementlari

O'quvchilarga / Kimyo
Kislorod guruhchasi elementlari - rasmi

Material tavsifi

Kislorod guruhchasi elementlari 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 37-mavzu Reja: Kislorod guruhchasi elementlari Oltingugurt Fizik xossalari Kimyoviy xossalari Kimyoviy elementlar davriy sistemasining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan Kislorod guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog'onasida oltitadan elektron bor. Shu sababli bu elementlar o'zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga, ya'ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Oltingugurt, selen va tellurning tashqi energetik pog'onasida bo'sh holdagi d-orbitallar mavjud. Tashqi qobiqdagi juftlashgan p- va s-elektronlar bittadan d-orbitallarga ko'chib o'tishi mumkin. tellur Kislorod ikkinchi davr elementi, uning tashqi energetik qavatida d-orbitallar mavjud emas. Shuning uchun u +4, +6 oksidlanish darajalarini namoyon qila olmaydi. Oltingugurt Tabiatda uchrashi. Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham, birikmalar ko'rinishida ham uchraydi. O'zbekistonda oltingugurtning tabiiy manbalari mavjud. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab turgan tabiiy gaz va gaz kondensatlarini qayta ishlash korxonalarida oltingugurt va oltingugurt birikmalarini olish yo'lga qo'yilgan. Selen va tellur yarimo'tkazgichlar, quyosh batareyalari, termoregulyatorlar tayyorlashda, po'lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi. Fizik xossalari Oltingugurt bir necha xil allotropik shakl o'zgarishga ega: rombik oltingugurt S8; monoklinik oltingugurt S8; plastik oltingugurt Sn. Tabiatda rombik oltingugurt uchraydi va u sariq rangli qattiq kristall modda bo'lib, suvda erimaydi. Oltingugurt rudalarini bekorchi jinslardan tozalash uchun sanoatda flotatsiya usulidan keng foydalaniladi. Oltingugurt uglerod (IV )-sulfid CS2 va organik erituvchilarda eriydi. Oltingugurt elektr tokini va issiqlikni yomon o'tkazadi. Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi, kislorod bilan reaksiyaga kirishganda esa qaytaruvchi bo'lib ishtirok etadi. Kimyoviy xossalari. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.3 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.3 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga