Kislorod va uning birikmalari Reja: Kislorodning tabiatda tarqalishi Kislorodning olinish usullari Kislorodning fizikaviy xossalari Kislorodning kimyoviy xossalari Ozon Vodorod peroksid Kislorodning tabiatda tarqalishi Kislorod tabiatda erkin va birikma xolida uchraydi havoda xajm jihatidan 20,9% og'irlik jihatidan 23,2% kislorod bor Yer qobig'ida kislorodning umumiy miqdori (dengiz suvida va havodagisi bilan) qariyb 50% ga yetadi Kislorod Yer qobig'ida eng ko'p tarqalgan element hisoblanadi U uch stabil izotopdan tashkil topgan: 816O(99,769%); 817O(0,037%) va 818O(0,204%). Uning juda qisqa vaqt yashaydigan izotoplari 814O, 815O sun'iy ravishda hosil qilingan Kislorodning olinish usullari Kislorod sanoatda havodan yoki suvni elektroliz qilib olinadi: 2H2 + O2 = 2H2O Laboratoriyada kislorod bertole tuzi yoki KMnO4 ni qizdirish yo'li bilan olinadi: 2KClO3 = 2KCl + 3O2 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2 Kislorodning fizik xossalari Kislorod po'lat ballonlarda 150 atm bosim ostida saqlanadi U rangsiz, xidsiz, mazasiz gazdir, suvda kam eriydi: 100 xajm suv 3,1 xajm O2 erita oladi (1atm 20°Sda) Kislorod qattiq holatda (va suyuq holatda) magnitga tortiladi, demak, u paramagnit moddadir Kislorod - 183°S da qaynaydi, -218,9°C da muzlaydi, suvda oz eriydi Kislorodning kimyoviy xossalari Kislorod odatdagi haroratda passiv modda, lekin kislorod qizdirilganda va katalizator ishtirokida deyarli xamma elementlar bilan birika oladi. Oltingugurt, fosfor, natriy va xatto temir sim xam kislorodda havodagiga qaraganda ancha ravshan yonadi: 2Cu + O2 = 2CuO Ca + O2 = 2CaO S + O2 = SO2 2SO2 + O2 = 2SO3 C + O2 = CO2 3Fe + 2O2 = Fe3O4 CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O N2 + O2 = 2NO 4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O 4P + 5O2 = 2P2O5 Ozon. O3 Kislorodning allotropik shakl o'zgarishi ozondir Ozon grekcha xidli so'zidan olingan Ozon tabiatda momaqaldiroq paytlarida, chaqmoq chaqqanida, 10-30 km balandliklarda ultrabinafsha nur ta'sir etganida kisloroddan hosil bo'ladi: 3O2 = 2O3 Atmosferada ozon hosil bo'lishida quyoshdan kelayotgan hayot uchun zararli ultragunafsha nurlar ushlanib qoladi, hosil bo'lgan ozon infraqizil nurlarni yutib, yer qobig'ini sovib ketishidan saqlaydi. Binobarin, atmosferada ozon qavatining bo'lishi yerdagi hayot uchun katta foyda keltiradi. Laboratoriyada va texnikada ozon olish uchun ozonatorlardan foydalaniladi. Laboratoriyada ishlatilayotgan ozonator orqali o'tgan kislorodning 12-15%i ozonga aylanadi. Ozon va kislorod aralashmasi suyuq havo bilan sovitilayotgan idish orqali o'tkazilganda ozon kondensatlanib, kisloroddan ajraladi, ozonni suyuq havo solingan idish bilan sovutilib turadigan priyomnikka yuborib, uni batamom toza holda olish mumkin. Ozon odatdagi haroratda havorang tusli gaz; uning muzlash va qaynash haroratlari kislorodnikidan yuqori; ozon -112° da qaynaydi va -192,5° da muzlaydi. Ozon suvda yaxshi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
42.41 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:51
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
42.41 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:51 ]
Arxiv ichida: pptx