Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi. Havoni ifloslanishdan saqlash

Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi. Havoni ifloslanishdan saqlash

O'quvchilarga / Kimyo
Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi. Havoni ifloslanishdan saqlash - rasmi

Material tavsifi

Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi. Havoni ifloslanishdan saqlash. 7-sinf Kimyo fani darsligi asosida 20-mavzu Reja: 2 3 Kislorod litosfera, gidrosfera va atmosferada 1 Fotosintezda atmosferadagi karbonat angidrid Havo. Kislorod litosfera, gidrosfera va atmosferada katta miqdorda mavjud. Tabiatda kislorodning aylanishi asosan fotosintez va nafas olish jarayonlari bilan bog'liq. Fotosintezda atmosferadagi karbonat angidrid gazi (CO2) suv bilan ta'sirlashib, organik modda va kislorod hosil qiladi. Bunda CO2 dagi kislorodning yarmi biomassa hosil qilish uchun, qolgan yarmi va karbonat angidrid bilan ta'sirlashayotgan suvdagi kislorod molekula holida to'la atmosferaga o'tadi. Shunday qilib, fotosintez reaksiyasi kislorodni gidros feradan atmosferaga va atmosferadan biosferaga o'tishini ta'minlaydi (kislorodning suv molekulasidan ajralishi * belgisi bilan ko'rsatilgan): 6CO2 + 6H2O* ® C6H12O6 + 6O2*. Fotosintezga teskari jarayonlar bo'lgan nafas olishda, o'lgan organizmlarning parchalanishi va yonishida kislorod biosferadan atmosferaga hamda gidrosferaga karbonat angidrid shaklida qaytadi: C6H12O6 + 6O2 ® 6H2O + 6CO2. Havo. Atmosfera havosi ko'plab gazlarning tabiiy aralashmasi hisoblanadi. Havoning asosiy qismini tashkil qiluvchi azot va kisloroddan tashqari, uning tarkibiga oz miqdorda inert gazlar, karbonat angidrid va vodorod kiradi. Kislorod, azot va inert gazlar havoning doimiy tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Ular har qanday joyda ham deyarli bir xil miqdorda uchraydi. Havodagi CO2 va suv bug'lari Yer issiqligining koinotga tarqalib ketishining oldini oluvchi to'siq - himoya ekrani vazifasini bajarsa, havodagi ozon qatlami Quyosh va yulduzlarning Yerdagi hayot uchun haloqatli nurlarini o'tkazmaydigan qalqon vazifasini bajaradi. Havodagi chang yomg'ir tomchilari hosil bo'ladigan yadrolar vazifasini bajaradi. Shuningdek, havoda tasodifiy qo'shimchalar ham uchrab turadi. Ularga organik qoldiqlar chirishidan hosil bo'ladigan vodorod sulfid va ammiak, sanoat chiqindisi bo'lgan sulfit angidrid, atmosferada elektr razryadlari natijasida hosil bo'ladigan azot oksidlari. Havo Yerdagi hayot uchun eng zaruriy tarkibiy qism bo'lib, uning tozaligini, musaffoligini saqlash insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega. Havoni ifloslanishdan saqlash uchun chiqindisiz yangi texnologiyalar qo'llanishi, Yer biomassasining noo'rin kamaytirilishining oldini olish, havo tozaligini saqlovchi tabiiy mexanizmlarni normal ishlashini ta'minlash zarur. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.86 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.86 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga