Kislota - asos xossalari KISLOTA - ASOS XOSSALARI. Reja: 1.Kislota - asoslarning protolitik nazariyasi. 2.Umumlashgan kislota - asos nazariyasi Kislota va asoslar proton nazariyasi Arrenius nazariyasi erituvchining rolini va uning erigan modda bilan o'zaro ta'sirini inobatga olmagani uchun u elektoro'tkazuvchanlikka doir,elektrolitlar dissotsilanish darajasining konsentratsiyasiga bog'liqligiga doir eksperimental ma'lumotlarni ham tushuntira bera oladi.Shu sababli XX asrning birinchi yarmida ko'plab nazariyalar taklif etildi.Ular orasidan Brensted-Lourining proton nazariyasi (1923) ko'proq tan olindi. Mazkur nazariyaga ko'ra proton bera oladigan moddalar kislotalar,proton biriktira oladigan moddalar asoalar deyiladi.Proton yo'qotgan kislota protonning potensial akseptori bo'lgan asosga aylanadi.Bunday asosni dastlabki kislota bilan o'zaro bog'lashdagi asos deyiladi.Masalan, HCI + H2O = H3O+ + CI- Kislota I asos II kislota II asos I Reaksiyada Cl ioni HCI kislotasi bilan tutashgan asos bo'lsa, H3O+ ioni H2O asos bilan tutashgan kislota hisoblanadi. Shuni qayd etish mumkinki, qandaydir moddaning kislota xossasi proton akseptori mavjud bo'lganda, asos xossasi esa proton donori mavjud bo'lgan taqdirdagina namoyon bo'ladi. Neytrallanish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: Kislota I + asos II = asos I +kislota II Bu jarayon kuchsizroq kislota va kuchsizroq asos hosil bo'ladigan yo'nalishda o'z - o'zidan boradi. Agar erituvchi (HS) proton donori vazifasini bajarsa, u holda kislota (HA) va asos (B) ningdissotsalanish reaksiyasini umumiy ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: B + HS = BH + S- HA + HS = SH2+ + A- Ko'rinib turibdiki, anionlar, kationlar va elektroneytral molekulalar kislota va asos bo'lishi mumkin. Suvda kislota ham asos ham bir xilda dissotsalanishi mumkin: CH3COOH + H2O = H3O+ +CH3COO- NH3 + H2O = NH4+ + OH- Birinchi reaksiyada suv asos rolini, ikkinchi reaksiyada esa kislota rolini bajaradi. Ham kislota ham asos xossalariga ega bo'lgan erituvchilarga amfiprot erituvchilar deyiladi. Erigan kislota yoki asosning erituvchi bilan o'zaro ta'sir darajasi erituvchining proton berish yoki olish qobilyatiga bog'liq. Masalan, HCIO4, HCI, HBr singari kislotalar suvli eritmalarda juda kuchli hisoblanasa, protonlarning kuchsiz akseptori bo'lgan muz sirka kislota erituvchi sifatida olinsa, faqat perxlorat kislota kuchli bo'ladi xolos. HCI, HBr kislotalari muz sirka kislotada juda kuchsiz bo'ladi. Proton qabul qilib olishiga ko'ra proton chiqarish xususiyati kuchliroq erituvchilarga protogen erituvchilar deyiladi. Bunday erituvchilarda kislotoning dissotsalanishi qiyinlashadi, asoslarning dissotsalanishi esa osonlashadi: (CH3)3N + CH3COOH = (CH3)3NH+ + CH3COO- Kislotaning dissotsiatsiyasi uning protoniga erituvchining moyilligidan vujudga keladi. Bu moyillik qanchalik katta bo'lsa, kislotaning dissotsalanishi shuncha oson bo'ladi. Protonga moyillik ustunlik qiladigan erituvchilarga protofil erituvchilar deyiladi. Protofil erituvchida (masalan, suyuq ammiakda) kuchsiz hisoblangan HCN kislota ham kuchli ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
322.12 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:51
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
322.12 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:51 ]
Arxiv ichida: ppt