Kislota asosli titrlash. Eritmadagi ishqor miqdorini aniqlash Kerakli jihozlar:Xlorid kislota (0,1n) shovul kislota (0,1n) natriy gidroksid (0,1n) konussimon kolba, pipetka 10 ml.li, byuretka 25 ml, fenolftalin va metil zarg'aldog'i indikatori, torozi shaffoflangan suv, o'lchov kolbasi, zararsizlantirish uchun etil spirti yoki margansovka filtr qog'oz. Aniqlash tartibi bo'yicha lar Xlorid kislotaning 0,1 n. li eritmasi bo'yicha ishqor eritmasining aniq konsentrasiyasini topish. Boshlang'ich eritma sifatida fiksanaldan tayyorlangan xlorid kislotaning 0,1 n. li eritmasi olinadi. Aniqlash ikkita indikator: metil zarg'aldog'i va fenolftalein bo'yicha olib boriladi. Fenolftalein bo'yicha titrlash. 25 ml li byuretka tayyorlangan ishqor eritmasi bilan to'ldiriladi. 250 ml hajmli ikkita konussimon kolbaga pipetka bilan xlorid kislotaning 0,1 n. li eritmasidan 10 ml dan olinadi. Kislota eritmasiga 2 tomchi fenolftalein eritmasi qo'shiladi va 30 s davomida yo'qolib ketmaydigan och-pushti rang hosil bo'lguncha ishqor eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash natijalari yoziladi va xlorid kislota bo'yicha ishqor eritmasining aniq normalligi va titri hisoblanadi. Shovul kislotasining 0,1 n. li eritmasi bo'yicha ishqor eritmasining aniq konsentrasiyasini topish. Shovul kislotasining 0,1 n. eritmasi tayyorlanadi. Analitik tarozida shovul kislotasining 0,6304 g naveskasi tortib olinadi va 100 ml li o'lchov kolbasida, boshlang'ich eritma sifatida fiksanaldan tayyorlangan 0,1 kislota eritmasi tayyorlanadi. Ikkita 250 ml hajmli konussimon kolbaga pipetka bilan tayyorlangan shovul kislotasi eritmasidan 10 ml dan olinadi. Eritmaga 1-2 tomchi fenolftalein eritmasi qo'shiladi va 30 s davomida o'chmaydigan och pushti rang hosil bo'lguncha ishqor eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash natijasi yoziladi va ishqor eritmasining aniq konsentrasiyasi hisoblanadi. Diqqat bilan ishlansa bitta indikator bilan shovul va xlorid kislotalar bo'yicha aniqlash natijalari juda yaqin ma'lumotlarni berishi kerak. Ozmi-ko'pmi katta tafovut xatoga yo'l qo'yilganligini bildiradi. Eritmadagi ishqor miqdorini aniqlash Neytrallash metodida ishqorlarning, shuningdek, gidrolizlanganda,ishqoriy muhit hosil qiladigan tuzlarning konsentratsiyasini aniqlash uchun, bura Na2B4O710 H2O yoki soda Na2CO3 bo'yicha aniqlanadigan HCI ishchi eritmasi sifatida ishlatiladi. HCI ishchi eritmasini tayyorlash uchun avval konsentratsiyasi yuqori bo'lgan eritmalardan foydalanib, taxminan 0,1 n konsentratsiyali HCI eritmasi tayyorlanadi. So'ngra analitik tarozida o'lchab olingan tortim bo'yicha dastlabki modda - Na2B4O7 10 H2O ning titri aniq eritmasi tayyorlanadi. Shundan so'ng titrlash yo'li bilan HCI kislotaning tayyorlangan 0,1 n. eritmasining konsentratsiyasiga aniqlik kiritiladi. HCI kislotaning taxminan 0,1 n. eritmasini tayyorlash uchun laboratoriyadan konsentrlangan kislotadan olib, masalan, 200 ml 0,1 n HCI kislota eritmasini tayyorlash kerak bo'lsin. Ehci = 36,46 g, demak, 1 ekv.=36,46 g 100 ml 0,1 n. eritma tayyorlash uchun 36,46 g HCI kerak 200 ml 0,1 n. eritma tayyorlash uchun x. g HCI kerak,demak, x=0,7291 g. Bo'ladi HCI ning zichligi d= 1,179 gml bo'lsa, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.45 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.45 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:51 ]
Arxiv ichida: doc