Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi

Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi - rasmi

Material tavsifi

Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 26-mavzu Reja: Kislotalar. Asoslar. Tuzlar. Kislotalar Suvda eriydigan barcha kislotalar dissotsiatsiyalanadi. Bunda vodorod ioni bilan kislota qoldig'i ioni hosil bo'ladi: HBr H+ + Br- HNO3 H+ + NO3- Ko'p negizli kislotalar bosqichli dissotsiatsiyalanadi: Birinchi bosqich: Ikkinchi bosqich: H2SO4 H+ + HSO4 - HSO4- H+ + SO4 2- Kislotalarning umumiy xossalari, ya'ni nordon mazaga ega bo'lishi, indikatorlar rangini o'zgartirishi, asoslar va asosli oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga kirishuvi ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodorod ionini hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Dissotsiatsiyalanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan murakkab moddalarga kislotalar deb aytiladi. Asoslar Suvda eriydigan barcha asoslar dissotsiatsiyalanganda metal kationiga (ammoniy gidroksidi NH4 + ioniga) va gidroksid anioniga (OH-) ajraladi. NaOH Na+ + OH- Ca(OH)2 Ca2+ + 2OH- Suvda eriydigan asoslar uchun xos bo'lgan barcha umumiy xossalar indicator rangini o'zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan reaksiyasi ularning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo'lgan OH- ionlari tufaylidir. Dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (OH-) hosil qiladigan murakkab moddalarga asoslar deb aytiladi. Tuzlar Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi ( ammoniy tuzlarida ammoniy kationi NH4 +) ga va kislota qoldig'i anioniga ajraladi: NaNO3 Na+ + NO 3 - , K2SO4 2K+ + SO42- Al2(SO4)3 2Al3+ + 3SO42- Nordon tuzlar dissotsiatsiyalanganda esa kation sifatida metall ioni bilan birga vodorod ioni ham hosil bo'ladi: NaHSO4 Na+ + HSO4 - HSO4 - H++SO4 2 - Tuzlar dissotsiatsiyalanganda, tuzlar uchun umumiy ion hosil bo'lmaydi. Shunga ko'ra tuzlar uchun umumiy xossalar ham yo'q. Tuz kristallari Tuz suv bilan aralashmasi Dissotsiatsiyalanganda metall kationi bilan kislota qoldig'i anioni (nordon tuzlarda vodorod kationi ham) hosil qiladigan murakkab moddalarga tuzlar deb aytiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga