Kislotalar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi 7-sinf Kimyo darsligi asosida 42 - mavzu Reja: Kislotalar tarkibi, tuzilishi Kislotalarning toifalanishi Kislotalarning olinishi va xossalari Kislotalar deb tarkibida metall atomlariga almashina oluvchi vodorod atomlari hamda kislota qoldig'idan iborat bo'lgan murakkab moddalarga aytiladi Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soni kislota qoldig'ining valentligiga son jihatdan teng bo'ladi, chunki vodorod bir valentlidir. Kislotalar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir. Kislotalarning umumiy formulasi HnK tarzida ifodalanadi: bu yerda K - kislota qoldig'i; n - kislota qoldig'ining valentligi. Kislotalarda vodorod kislota qoldig'i bilan to'g'ridan to'g'ri bog' hosil qilgan holda birikadi. Kislotalar tarkibidagi vodorod soniga qarab bir negizli, ikki negizli, uch negizli va ko'p negizli kislotalarga toifalanadi. Kislotalar tarkibida kislorod atomi mavjudligiga qarab kislorodli va kislorodsiz kislotalarga toifalanadi: Kislotalar Kislorodli kislotalar Kislorodsiz kislotalar Kislotalarning olinishi Kislorodli kislotalarni kislotali oksidlar bilan suvning o'zaro ta'siri natijasida olish mumkin: Kislotalarni ularning tuzlariga boshqa kislotalarni ta'sir ettirib olish mumkin: Na2SO3 + H2SO4 = H2SO3 + Na2SO4; FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S↑; Na2SiO3 + 2HCl = H2SiO3¯ + 2NaCl. Fizik xossalari. Kislotalar qattiq (borat, ortofosfat kislotalar), suyuq (sulfat, nitrat kislotalar) bo'lishi mumkin. Kislotalarning kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko'rsatadi: Kimyoviy xossalari. Ularning ko'pchiligi suvda yaxshi eriydi va ayrim gazlarning (vodorod xlorid - HCl, vodorod bromid - HBr, vodorod sulfid - H2S) suvdagi eritmalari ham kislotalar bo'lib hisoblanadi. Kislota molekulalarida vodorod kislota qoldiqlari bilan bog'langan holda bo'ladi. Kislotalar asosli oksidlar bilan ta'sirlashadi, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo'ladi): Neytrallanish reaksiyasi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:51
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:51 ]
Arxiv ichida: pptx