Kofein teobramin teofillin olinishi tuzilishi xossalari va ahamiyati Reja: Purin gruppasiga kiradigan alkaloidlar Kofein. tuzilishi, olinishi va xossalari Strixnin, rezerpin va boshqalar olinishi, tuzilishi, xossalari va ahamiyati. Indol alkaloidlarini о'simlikliklardan ajratib olish usullari. Fizostigmin, strixnin, rezerpin alkaloidlarini olinishi, tuzilishi va xossalari. Bu gruppaga kiradigan alkaloidlar primidin va imidazol halqalarining birikishidan hosil bo'lgan bitsiklik purin yadrosidan tashkil topgan. Purin alkaloidlarini asosan o'simliklarning turli organlaridan olinadi. Masalan, choy bargidan-kofein, kakao mevasidan-teobromin olinadi. Bu gruppaga kiradigan alkaloidlarning ximiyaviy tuzilishini, ya'ni ular tarkibidagi metil ralikallariing joylashishi va sonini turli ximiyaviy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Masalan, kofein, teofillin, teobromin va ksantin molekulalarini oksidlansa, ular quyidagi moddalarni hosil qiladi. Bu reaksiyalardan ko'rinib turbdiki, ksantin, kofein, teofillin va teobrominlar molekulalari alloksan va mochevinadan tashkil topgan. Ular bir-biridan molekulasidan metil radikallarining joylanishi va soni bilan farq qiladi, xolos. Purin gruppasiga kiradigan alkaloidlardan meditsinada kofein va uning benzoat hamda salitsilat kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari, shuningdek teobromin, diuretin, teofillin kabilar dori modda sifatida qo'llaniladi. Kofein Kofein turli o'simlik organlaridan, shuningdek sintetik usul bilan olinadi. Kofein asosan choy bargidan, ko'pincha choy ishlab chiqarish fabrikalaridan chiqadigan choy chiqindisini suv bilan ekstraksiya qilib olinadi. Kofein bunday manbalarda o'rta hisobda 3% atrofida bo'ladi. Kofein choy chiqindisidan ajratib olishda bir necha usullardan foydalaniladi. Shulardan suv yordamida ajratib olish usuli alohida ahamiyatga ega. Bu usulda choy chiqindisini suv bilan aralashtirib, suvli qismini qo'rg'oshin atsetat yoki magniy va kaliy oksid bilan ishlash orqali yot moddalardan tozalanadi. So'ngra aralashmani filtrlab sovutilsa, kofein kristall holda cho'kadi. Bunday kofein toza bo'lmaganligi sababli uni suv yordamida qayta kristallab, yot moddalardan ozod qilinadi. Kofein bir necha usullar bilan sintez qilinadi. Bu reaksiya bo'yicha 8-metilksantinni siydik kislotaga dimetil-anilin katalizatori ishtirokida atsetat angidrid ta'sir ettirib, uzoq vaqt davomida 138-1420gacha qizdirib olinadi. Sintezning keyingi bosqichlari quyidagi sxema bo'yicha olib boriladi: Kofein natriy benzoat Kofein natriy benzoat kofein-asosning natriy benzoit bilan hosil qilgan molekulyar birikmasi bo'lib, formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: Bu preparatni olish uchun kofein-asos suspenziyasiga natriy benzoatning suvdagi eritmasi aralashtiriladi. Kofein to'liq erigandan so'ng eritmani ehtiyotlik bilan bug'lantiriladi va hosil bo'lgan cho'kmani quritiladi. Natijada kofein natriy benzoat oq poroshok holida hosil bo'ladi. Kofein natriy benzoit oq, hidsiz, achchiq mazali poroshok bo'lib, suvda osin spirtda esa kam eriydi. Preparat chinligini mureksid hosil qilish reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Kristall holidagi preparat rangsiz alangaga tutilsa, alanga sariq rangga bo'yaladi. Preparat eritmasiga iyemir (II)-xlorid reaktividan ta'sir ettirilsa, benzoat ioni borligini isbotlaydigan qo'ng'ir-sariq cho'kma hosil bo'ladi. Preparat miqdorini quyidagi usullar bilan aniqlanadi: 1.Yodometrik usul. Bu kofein-asos miqdorini aniqlashga o'xshashdr. 2.Tortma usul. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
221.12 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
221.12 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: docx