Kolloid eritmalarning barqarorligi nazariyasi

Kolloid eritmalarning barqarorligi nazariyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Kolloid eritmalarning barqarorligi nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Kolloid eritmalarning barqarorligi nazariyasi Reja 1. Barqarorlik nazariyasi to'g'risida umumiy ma'lumot. 2. Liofob kolloidlar. Kolloid sietemalarda elektrokinetik hodisalar. 3. Qo'sh elektr qavat. 4. Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqidagi mitsellyar nazariyasi. 1. BARQAR0RLIK NAZARIYASI TO'G'RISIDA UMUMIY MA'LUMOT Kolloid zritmalar termodinamik beqaror sistemalardir, chunki ular ortiqcha erkin znergiyaga ega bo'ladi. Kolloid sistemalarda dnepers faza solishtirma sirti juda katta bo'lganidan ortiqcha sirt znergiyasi hosil bo'ladi. Sirt yoki erkin energiya, termodinamikankng ikkinchi qonuniga muvofiq o'zining eng kichik qiymatiga intiladi. Erkin znergiyaning minimumga intilishi dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasidagi sirtning kamayishi bilan sodir bo'ladi. Sirtning kamayishi zarrachalarning molekulyar kuchlar ta'sirida yiriklashishi bilan boradi. 1922 yilda N.P.Peskov kolloidlar haqidagi ta'limotga kinetik (sedimentatsiyaviy) va agregativ barqarorlik tushunchalarini kiritdi. Kinetik barqarorlik deganda diopers sistemalarning og'irlik kuchiga bardosh berish xususiyati tushuniladi. Bu barqarorlik broun harakati tufaylidir. Bundan tashqari, kinetik barqarorlikka ta'sir ztuvchi boshqa omillar ham mavjud, masalan, zarrachalarning disperslik darajasi, dispers muhit qovushqoqligi, dispers faza hamda. dispers muhit zichliklari orasidagi farq va boshqalar. Shu omillardan kolloid sistemalarning kinetik barqarorligiga dispers faza zarrachalarining disperslik darajasi katta ta'sir qiladi. Zarrachalarning o'lchami qancha kichik bo'lsa kolloid sistema shuncha.barqaror bo'ladi. Shuning uchun dag'al sistemalarning kinetik barqarorlik kam, kolloid eritmalarniki yuqoridir. Zarrachalarning og'irlik kuchi ta'sirida cho'qish yo'q darajada kam bo'lgan sistemalar kinetik barqaror deyiladi. Agregativ barqarorlik deganda dispers faza zarrachayaarning disperslik darajasini saqlash xususiyati tushuniladi. Bunday barqarorlikning sababi, birinchidan, kolloid zarrachalar zaryadining bir xil zkanligi sababidan ular yiriklasha olmasligi bo'lsa, ikkinchidan, kalloid zarrachalar erituvchi molekulalaridan iborat solvat qavat bilan qurshab olinganligidir. B.V.Delyagin ta'limotiga ko'ra solvat qavat egiluvchanlik va yuqori qovushoqlikka ega bo'lib, zarrachalarning o'zaro yopishishiga to'sqinlik qiladi. SHunday qilib, agregativ va kinetik barqarorlik faktorlari o'zaro farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, haroratning kutarilishi kolloid zarrachalarning cho'qishiga to'sqinlik qilishi bilan bir vaqtda shu zarrachalarning yiriklashishiga, ya'ni agregatlanishiga ham yordam beradi. Agar broun harakati intensivligining oshishi zarrachalarning cho'qishiga qarshilik qilsa, zarrachalar shu broun harakati natijasida o'zaro to'qnashib yiriklashadi. 2. LIOFOB KOLLOIDLAR. KOLLOID SIETEMALARDA ELEKTROKINETIK HODISALAR. Kolloid zarrachalar elektr maydonida elektrodlar tomosha harakat qilishini birinchi bo'lib Moskva universitetining professori F.F.Reyse 1808 yilda. aniqladi. U quyidagicha tajriba o'tkazgan: bir bo'lak loy olib, unga ikkita shisha nayni botirgan va ularga avval teng miqdorda tozalangan ham, uning ustidan bir xil balandlikda distillangan suv solgan. Naylarning ichiga metall elektrodlar botirib, bu elektrodlarni doimiy tok manbaiga ulagan. Bir ozdan keyin musbat qutbli nay ichidagi suvning loyqalanganini, bu qutbli suvning sathi bir oz pastga tushganini va manfiy qutbli suvning sathi bir oz ko'tarilganini kuzatgan. Manfiy qutbli naycha ichidagi suv loyqalanmagan. Bunday loy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.38 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.38 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga