Kolloid eritmalarning molekulyar - kinetik va optik xossalari Reja 1. Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari. 1.1. Diffuziya hodisasi. 1.2. Broun harakati. 1.3. Sedimentatsiya xodisasi. 2. Kolloid sistemalarning optik xossalari. 2.1. Kolloid eritmalarning ranglanishi. 2.2. Nefelometr. 2.3. Ultramikroskop. 2.4 Elektron mikroskop. 1. KOLLOID ERITMALARNING MOLEKULYAR-KINETIK XOSSALARI. Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari ulardagi dispers faza zarrachalarining harakatiga bevosita bog'liq bo'ladi. Kolloid eritmalarda zarrachalarning shakli va o'lchami har xil bo'lib, ularda sodir bo'ladigan molekulyar-kinetik xossalar chin zritmalarnikiga nisbatan sustroq bo'ladi. Diffuziya, Broun harakati, osmos va sedimentatsiya hodisalari kolloid eritmalar molekulyar-kinetik xossalarining asosini tashkil etadi. 1.1 DIFFUZIYA HODISASI. Eruvchinivg- zrituvchid; va dispers fazaning dispers muhitda o'z-o'zicha teng tarqalishiga diffuziya hodisasi deyiladi. 1869 yili Rossiya olimi I.G.Borshchov diffuziyalanish tezligi zar-rachalarning o'lchamiga bog'liq, shuning uchun diffuziyalanish tezligi chin eritmalarga nisbatan kolloid eritmalarda kichik bo'lishini aniqladi. Diffuziya tezligi zarrachalarning shakliga, o'lchamiga, dispers muhitning haroratiga va qovushqoqligiga ham bog'lkq bo'ladi. Bu bog'liqlikni 1906 yili A.Eynshteyn aniqlagan edi: bu yerda R - gaz doimiyligi; T - absolyut harorat, 0К; N -Avagadrs soni; r - diffuziyalovchi zarracha yoki molekulalarning radiusi; η - dispersion muhit yoki gazning qovushoqligi; D - diffuziyalanish tezligi (diffuziya koeffitsienti). Bu tenglamadan ko'rinib turibtiki diffuziya tezligi haroratga to'g'ri proportsionaldir, ya'ni harorat ko'tarilishi bilan diffuziya tezligi ortadi. Shu tenglamaga muvofiq diffuziya tezligi zarracha o'lchamiga va muhit qovushoqligiga teskari proportsionaldir, ya'ni zarracha o'lchami qancha katta bo'lsa va muhit qovushqoqligi qanchalik yuqoribo'lsa diffuziyalanish tezligi shuncha kam bo'ladi. Shunga muvofiq chin eritmalardagi diffuziya tezligiga nisbatan, kolloid eritmalarda diffuziya tezligi yuzlab va miiglab. marta kam bo'ladi. Eynshteyn formulasidan foydalanib diffuziya koeffitsienta aniqla-nilsa diffuziyalanuvchi zarracha o'lchamini va hatto dispers faza moddasining molekulyar massasini topish mumkin. Diffuziya jarayoni qaytmas jarayon bo'lib, terilarni oshlashda, gaz-lamalarni buyashda, har xil konservalar tayyorlashda, shuningdek xalq ho'jaligining turli sohalarida keng ishlatiladi. 1.2. BROUN HARAKATI. 1827 yili ingliz botanigi R.Broun gul changining suvda tarqalganligini mikroskop yordamida kuzatib, gulning chang zarrachalari eritmada uzluksiz, tartibsiz harakat qilayotganini aniqladi. Bunday harakat anorganik va organik moddalardan tayyorlangan emulsiya va suspenziya-kolloid eritmalarida ham kuzatiladi. Bu xodisa keyinchalik Broun harakati deb nom oldi, Broun harakati moddalarning tabiatigagina emas, balki haroratga va zarrachalarning o'lchamiga ham bog'liq zarrachalar kattalashgan sari Broun harakati kamayib boradi. Masalan, zarrachalarning o'lchami 1-Zmk bo'lganida Broun harakati kuchli bo'lib, 4-5 mk da kuchsiz va 5 mk dan katta bo'lganda to'xtaydi. Zarrachalar uzluksiz harakatlanishi natijasida bir nuqtadan ik- kinchi nuqtaga siljiydi va shu nuqtalar orasidagi masofa siljish qiy- mati (X) deb ataladi. 1906 yili Eynshteyn gaz qonunlariga asoslanib, Broun harakatidagi siljish qiymatini quyidagi formula bilan aniqladi: bu ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.44 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.44 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: doc