Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi Reja: 1. Kolloid dispers sistemaning hosil bo'lish sharoitlari. 2. Kolloid eritma olishning dispersion va mexanik usullari. 3. Kolloid eritma olishning ultratovush va peptizatsiya usuli. 4. Kolloid eritma olishning kondensatsion usullari: a) fizikaviy kondensatsion usullar, b) kimyoviy kondensatsion usullar. 5. Polimerlanish va polikondensatlanish usullar. Kolloid eritmalarni tozalash usullari. а) Dializ. b) Zlektrodializ. c) Ultrafiltradiya. d) Tsentrifugalash usuli. e) Ultratsentrifugalash usuli. 1. KOLLOID DISPERS SISTEMANING HOSIL BO'LISH SHAROITLARI Kolloid eritmalar o'zining geterogenligi bilan chin eritmadan farq qiladi. Chunki kolloid zarrachalar erituvchi molekulasiga nisbatan juda katta bo'lib, ular orasida ajralish sirti hosil bo'ladi. Kolloid dispers sistema dispers muhit va dispers fazadan tarkib topgan mikrogeterogen sistemadan iborat. Kolloid dispers sistema quyidagi sharoitlarda hosil bo'ladi: . kolloid zarrachalarning o'lchamiga tarqaladigan moddalar zarra-chalarining o'lchami yaqin bo'lishi kerak; 2) ajralish sathida, kolloid zarrachalarni hosil qilgan ionli qavat va gidrat parda stabilizatorlar yordamida saqlanishi kerak; stabilizatorlar kolloid zarrachalar sathida yutilib, u yerda elektr zaryadi hosil qiladi. Elektr zaryadi zarrachalarning o'zaro yaqinlashib, bir-biriga qo'shilishiga yo'l qo'ymaydi, barkarorlik yaratadi; Z) dispers faza dispers muhitda yomon eruvchanlikka ega bo'lishi kerak. Demak, kolloid zarrachalar elektr zaryadli, gidrat pardali va turg'un bo'lishi kerak. Ana shunday zarrachalardan tashkil topgan kolloid eritmalar o'zaro qarama-qarshi ikki usul bilan olinadi. Birinchi usul - dispersion usul, bunda kolloid eritmalar yirik zarrachalarni maydalash yo'li bilan hosil qilinadi; ikkinchi usul -kondensatsion usul, bunda ion yoki molekulalar o'zaro birlashib, kolloid zarrachalar hosil qiladi. 2. KOLLOID ERITMA OLISHNING DISPERSION VA MEXANIK USULLARI DISPERSION USUL. Zarrachalarni maydalash uchun ma'lum ish sarflanadi. Bu ish (a) hosil bo'layotgan zarrachalar sathi (S) ga to'g'ri proportsionaldir: А = К S Bu yerda, K - moddaning tabiatiga, muhitga va maydalash usuliga tegishli koeffitsient. Formuladan ko'rinib turibdiki, zarrachalarni qancha ko'p maydalash kerak bo'lsa, shuncha ko'p ish sarflanadi. MEXANIK USULLAR. Bu usul, asosan, ma'lum kuch ta'sirida moddalarni maydalashga asoslangan. Shuning uchun maxsus sharli yoki kolloid tegirmonlardan foydalaniladi. Sharli tegirmon zich yopiladigan tsilindr idish bo'lib, uning ichiga har xil o'lchamli po'lat yoki chinni sharchalar solingan bladi. Zarrachalar o'lchami 50-60 mk atrofida bo'ladi. Ichiga modda solinib tez aylantirilganda, modda sharchalar zarbidan maydalanadi. Ammo moddalarning maydayaanish darajasi katta bo'lmaydi. Bunday tegirmonlarda turli buyoqlar, farmatsevtika preparatlari, oltingugurt va grafitning kolloid eritmalari tayyorlanadi. Oltingugurtning kolloid eritmalari qishlok, xo'jaligida o'simliklarning zarar kunandalariga qarshi ishlatiladi. 3. KOLLOID ERITMA OLISHNING ULTRATOVUSH VA PEPTIZATSIYA USULLARI ULTRATOVUSH USULI Ultratovush usuli sanoatda keyingi yillarda keng qo'llanilmokda. Bu usulda, tovush to'lqinlarining kuchli tebranishi natijasida muallaq zarrachalar maydalanib, tekis tarqaladi. Ultratovush usulida oltingugurt, buyoq, simob, qo'rg'oshin, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.5 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.5 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: doc