Kolloid kimyo fanining maqsadi va vazifasi, rivojlanish tarixi

Kolloid kimyo fanining maqsadi va vazifasi, rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Kimyo
Kolloid kimyo fanining maqsadi va vazifasi, rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Kolloid kimyo fanining maqsadi va vazifasi, rivojlanish tarixi Reja: Kolloid kimyo fanining rivojlanish tarixi Kolloid kimyo fanining rivojlanish tarixi Kolloid kimyo fanining rivojlanish tarixiga nazar solsak, kolloidlar tо'g'risidagi ma'lumotlar alximiklarni, Aristotelning ishlarida uchraydi. Qadim zamonlardayoq kolloid-kimyoviy jarayonlar Xitoyda, Hindistonda, Misrda, Rimda, О'rta Osiyoda, qadimgi Rus mamlakatlarida ovqat tayyorlash, teri matolarini oshlash, bо'yash va boshqa ishlarda kо'p qо'llanib kelingan. Demak, kolloid sistemalar bilan inson juda qadim zamonlardan beri tanish. Biroq, bu sistemalar ilmiy jihatdan nisbatan keyinroq о'rganila boshlangan. Keyinchalik bu fan о'zining qonuniyatlarini kо'payishi, uslublarini vujudga kelishi tufayli mustaqil fanga aylandi. Hozirgi zamon texnikasini rivojlanishida kolloid kimyo juda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Kolloid kimyo qonuniyatlari, kolloidli jarayonlar xalq xо'jaligining kо'pgina sohalarida keng qо'llaniladi. Kolloid kimyo fani geterogen texnologik jarayonlarning nazariy asosi bо'lib, bu jarayonlarda sirt hodisalar va dispers sistemalar hal qiluvchi о'rin egallaydi. Hozirgi paytda birorta kimyoviy texnologiya yо'q-ki dispers sistemalar ishlatilmasin. Atrofimizni о'rab olgan havodan tortib to suvgacha dispers sistemalardan iborat. Kolloid kimyo - sirt hodisalar, dispers sistema va ularning fizik, kimyoviy hamda mexanik hossalari xaqidagi fandir. Kolloid kimyo fanini о'qitishdan maqsad - bizni о'rab turgan borliqning asosiy qismi kolloid sistemalardan iborat deb qarab, unda boruvchi jarayonlarni kolloid kimyo qonuniyatlariga asoslangan holda tushuntirish va о'rgatishdan iborat. Kolloid kimyo fani - mustaqil fan bо'lib, bir qator xususiyatlari jihatidan birbiriga о'xshash turli-tuman dispers sistemalarni o'rganadi. Dispers sistemalar va sirt hodisalar haqidagi ta'limot texnikada (sanoat, qishloq xо'jaligi, tabiatni qо'riqlash, suvlarni tozalash va x.k., geologiya, tuproqshunoslik) shuningdek biologiya, meditsina va farmatsevtikada alohida ahamiyat kasb etadi. Dispers sistemalar deb - suyuq, qattiq yoki gaz muhitida boshqa moddaning juda kо'p mayda zarrachalarning tarqalishidan hosil bо'lgan sistemaga aytiladi. Ularga - tuproq, tog' jinslari, kukunlar, yutuvchi moddalar, katalizatorlar, barcha g'ovak moddalar kiradi. Kolloid kimyoda tekshiriladigan obektlar ikkita asosiy xususiyatlari bilan ajralib turadi: disperslik (maydalanganlik) va geterogenlik (kо'p fazali). Demak, kolloid kimyoni о'rganadigan obektlari dispers sistemalardir. Bunda tarqalgan modda - dispers faza, modda tarqalgan joy esa dispers muhit deb ataladi. I.1-rasm. 1-dispers muhit, 2-dispers faza Dispers sistemalar tabiatda juda kо'p tarqalgan. Atrofimizda mavjud materiallar - tuproq, yog'och, tabiiy suv, turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari, rezina, bо'yoq, hatto inson tanasi ham dispers sistemalarga misol bо'la oladi. Olamni о'zi ham dispers sistemadir: barcha planetalar, yuldizlar va kometalar dispers faza bо'lib, koinotni dipersion muhit deb qarash mumkin. Dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari katta sirtga ega bо'lganligi sababli ularning sirtidagi atom yoki molekulalari hossalari jihatidan zarrachalar ichidagi atom yoki molekulalar hossalaridan farq qiladi, chunki ular sirt tomondan moddaning boshqa molekulalari bilan tortilmaydi. Kо'pincha kolloid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 171.16 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 171.16 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga