Kolloid kimyo

Kolloid kimyo

O'quvchilarga / Kimyo
Kolloid kimyo - rasmi

Material tavsifi

Kolloid kimyo Reja: Dispers sistemalarning o'ziga xos xususiyatlari. Dispers sistemalar xillari Kolloid sistemalarni hosil bo'lish nazariyalari Tabiatdagi va texnikadagi dispers sistemalar Kirish Amaliy mashg'ulotlar o'quv pedagogik jarayonning eng muhim bo'g'inlaridan biridir. Talabalar unda o'zlarining o'rganayotgan fani bo'yicha nazariy bilimlarini chuqur va to'la o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'lib, ish asboblari bilan muomula qilishni, olingan natijalar asosida mustaqil xulosalar chiqarishni o'rganadilar. Havola qilinayotgan ushbu uslubiy qo'llanma «Kolloid kimyo» o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, «Kimyo» ixtisosligi talabalariga mo'ljallangan. Unda jami 8 ta amaliy mashg'ulotlar davlat o'quv dasturi asosida yoritilgan. Har bir laboratoriya mashg'ulotidan oldin o'rganiladigan mavzu bo'yicha nazariy maxlumot, ishni bajarish uchun kerakli asbob - uskuna va reaktivlar, uning tafsiloti, olingan natijalarni hisoblash yo'li (grafik va jadval tarzida) ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek har bir mashg'ulotga oid nazorat savollari va test topshiriqlari berilgan. Talaba ushbu uslubiy qo'llanmadan foydalanishda quyidagi ketma - ketlikka rioya qilishi lozim: 1). Ishni bajarishdan oldin berilgan mavzuga oid nazariy qism bilan tanishib chiqishi; 2) ishni bajarilish uslubi bilan tanishib chiqishi; 3) kerakli asbobning sxemasini qayd qilish daftariga chizishi va asbobdan foydalanish bilan tanishib chiqishi; 4) olingan natijalar asosida grafik va jadvallarni to'ldirishi; 5) va nihoyat mavzuga oid nazorat savollari va test topshiriqlari bo'yicha mustaqil ishlay olishi; 6) olingan umumiy natijalarni hisobotini ish daftariga qayd qilishi. DISPYeRS SISTYeMALARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI. Hozirgi zamon kolloid kimyosini hech qanday mubolag'asiz, kolloidlar va sirt hodisalar fani deyish mumkin. Kolloid so'zi grekcha so'z bo'lib kleysimon degan maxnoni anglatadi. Disperslik, yaxni moddani tarqalganligi (maydalanganligi ) kolloid kimyoviy xarakteristikalarning eng asosiysi hisoblanadi. Dispers so'zi lotincha tarqalmoq, bo'lak-bo'lak bo'lib ketmoq so'zidan kelib chiqqan. Biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan hosil bo'lgan sistema dispers sistema deyiladi. Tarqalgan modda dispers faza, ikkinchi modda esa dispersion muhit deb nomlanadi. Agar disperslik so'zini keng maxnoda ishlatsak, masalan molekulyar sathdagi (atom va yadro sathdagi) disperslik har qanday moddaga taalluqlidir. Kolloid kimyodagi disperslik tushunchasi faqat kolloid holatdagi sohani, yaxni jism ko'xlami 10-7 dan 10-5 sm gacha bo'lgan sohani o'z ichiga oladi. Bu sohada barcha real jismlar mavjuddir. Shuning uchun kolloid holat to'g'risida gapirganda u materiyaning umumiy va shu vaqtning o'zida alohida bir holati deb qaralishi kerak. Bu alohida holatning asosiy hal qiluvchisi sirt hodisalardir. Xaqiqatda ham har bir qattiq jismni maydalayotganda, ezayotganda biz uzliksiz ravishda uning yig'indi sirtini oshiramiz, bunda yig'indi hajm va massa o'zgarishsiz qoladi. Demak, disperslikni oshirgan sari solishtirma sirt ham ortadi (birlik massaga nisbatan ). Dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari katta sirtga ega bo'lganligi sababli ularning sirtidagi atom va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.61 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.61 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga