Kolloid ximiyaning rivojlanish tarixi RYeJA: Dispers faza va dispers sistemalar. 2. Dispers sistemalar sinflari. 3. Dastlab kolloid ximiyaga asos solgan olimlar. 4. Kolloid sistemalarning ishlatilishi. Kolloid ximiya - sirt hodisa dispers sistema va ularning fizik, ximiyaviy hamda mexanik hodisalari haqidagi fandir. Kolloid ximiyada tekshiriladigan obyektlar prof. N.P.Peskov tomonidan 1930 yillarda ta'riflangan ikki belgi bilan xarakterlanadi. Ulardan biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir. Biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan hosil bo'lgan sistema dispers sistema deyiladi. (Dispers so'zi lotincha disrergere, yani tarqalmoq, bo'lak - bo'lak bo'lib ketmoq so'zidan kelib chiqqan). Tarqalgan modda dispers faza, ikkinchi modda esa dispersion muhit deb nomlanadi. Har qaysi dispers faza qattiq, suyuq va gazsimon agregat holatlarda bo'lishi mumkin. Shu sababli dispers sistemalarning xillari nixoyatda ko'p. Kapilyar g'ovak moddalar ham dispers sistemalar jumlasiga kiradi. Dispers sistemalar tabiatda juda ko'p tarqalgan, ular texnikada turli - tuman jarayonlarda keng qo'llaniladi. Atrof - muhitimizda mavjud materiallar - tuproq, yog'och, tabiiy suv, turli - tuman oziq - ovqat mahsulotlari, rezina bo'yoq va xoka'zolarning hammasi dispers sistemalarga misol bo'ladi. Har qanday dispers sistemada xaqiqatdan uchta faza: dispers faza, dispersion muhit va sirt faza mavjuddir. Shunga ko'ra kolloid ximiyada uch muhim muammo bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi, bo'lar 1) sirtda sodir bo'ladigan hodisalarni va sirt qavatlarni o'rganish. 2) dispers sistemalarning sirt fazaga bog'liq hodisalarni o'rganish. 3) dispers sistemalarning mavjudlik sharoitlarini o'rganishdan iborat. Dispers sistemaning barqarorligi dispers faza va dispersion muhit zarrachalarning katta - kichiklik (disperslik) darajasiga bog'liq bo'ladi. Barcha dispers sistemalar zarrachalarning katta - kichikligiga qarab uch sinfga bo'linadi: 1) dag'al dispers sistemalar (sespenziya, emulpsiya va ko'piklar): bu sistemalarda dispers faza zarrachalarning o'lchami 100 nm dan ortiq bo'ladi. 2) kolloid sistemalar: bularda dispers faza zarrachalarning o'lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo'ladi . 3) chin eritmalar: dispers faza zarrachalarning o'lchami 1 nm dan kichik bo'ladi. Kolloid ximiyaning vazifasi yuqori disperslikka ega bo'lgan geterogen sistemalarni, bu sistemalardan sirt hodisalarni va yuqori molekulyar sistemalarni o'rganishdan iborat. Dag'al dispers sistemalar ham kolloid ximiyada o'rganiladigan obyektlar jumlasiga kiradi. Kolloidlar haqidagi amaliy ma'lumotlar xatto Aristotel (Arastu) va alximiklarning ishlarida uchraydi. Qadim zamonlardayoq kolloid ximiyaviy jarayonlar Xitoyda, Hindistonda, Misrda, Rimda, O'rta Osiyoda qadimgi Rusya mamlakatida ovqat tayyorlash, teri pishirish, matolarni bo'yash va boshqa ishlarda qo'llanilib kelgan. Dastlab kolloid ximiyaga asos solgan kishi ingliz olimi T.Grem hisoblanadi. Lekin Gremdan oldin bu sohada L.M.Lomonosov, Bertseluis, Selmi, Musin - Pushkin, Faradey, I.G.Borshchev, P.P.Veymarn va boshqalar ham ish olib borganlar. 1861 yilda T.Grem erigan moddalarning pergament qog'oz orqali suvga o'tish (diffuziyalanish) hodisasini ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.73 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.73 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: doc