Kolloid sistemalar va sirt hodisalar haqida tushuncha

Kolloid sistemalar va sirt hodisalar haqida tushuncha

O'quvchilarga / Kimyo
Kolloid sistemalar va sirt hodisalar haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Kolloid sistemalar va sirt hodisalar haqida tushuncha Reja 1. Kolloid kimyo predmeti. 2. Kolloid sistemalar ahamiyati. 3. Kolloid kimyo taraqqiyotining qisqacha tarixi. 4. Diopers sistemalar va ularnng turlari. Disperslik o'lchovi. 6. Diolerslik darajasining diopers sistema hossalariga ta'siri. 7. Sirt yuza erkin energiyasi. 1. KOLLOID KIMYO PREDMETI. Kolloid kimyo bir vaqtlar fizikaviy kimyoning bir bo'lagi bo'lgan bo'lib, keyingi vaqtlarda texnikaning har xil sohalarida kolloid sisstemalar va kolloid-kimyoviy jarayonlar katta ahamiyat kasb etdi. Shuning uchun ham, xalq xo'jaliginng rivojlanishiga katta hissa qo'shib, mustaqil fan bo'lib chiqdi. Kolloid kimyo ikki yoki ko'p fazali sistemalarni o'rganadi. Shuning uchun ham kolloid kimyoga quyidagicha ta'rif berilgan. Kolloid kimyo - bu yuqori molekulyar birikmalar va geterogen yuqori dispersli sistemalarning fizikaviy kimyosidir. Dispers sistema deb, katta yoki kichik o'lchamda maydalangan moddalardan tarkiblangan sistemani boshqa moddada tarqalganiga aytiladi. Maydalangan modda dispers faza deyiladi. Dispers faza tarqalgan ikkinchi moddaga dispers muhit deyiladi. Masalan, dispers sistema hisoblanadigan tumanda mayda suv tomchilari dispers faza bo'lib, havo esa dispers muhitdir, «Disperslash» so'zi - maydalash, kukunlash, ezib tarqatish degan ma'noni bildiradi. Kolloid sistemalarda dispers faza alohida molekulalardan emas, balki molekulalar to'plami agregati dan iboratdir. 2. KOLLOID SISTEMALAR AHAMIYATI Sanoatning hamma tarmoqlarida kolloid sistema, kolloid-kimyoviy jarayonlar uchrab turadi. Ko'pchilik sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda kolloidlar va kolloid-kimyoviy jarayonlar keng qo'llaniladi. Masalan, ovqat tayyorlashda moy, margarinlar, mayonezlar, smetana, sut va boshqalar ko'plab ishlatiladi. Ular murakkab kolloid sistemalardir. Kolloid-kimyoviy jarayonlar muzqaymoq har xil konditer bushlari, sut mahsulotlari, non mahsulotlari, sharob va pivo ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Sun'iy tolalar, masalan viskoz, atsetat, kapron, lavsan va boshqalar ishlab chiqarishda kolloid-kimyoviy jarayon hisoblanuvchi bo'qish, erish, agregatsiya, koagulyatsiya, cho'qish, peptizatsiya, adsorbtsiya jarayonlari keng qo'llaniladi. o'simlik va hayvon tolalarini hamda sun'iy tolalarni bo'yash ham kolloid-kimyoviy jarayonga asoslangan. Tolali materiallarning o'zi-yuqori polimerli moddalar bo'lib, ular kolloid-kimyoviy jarayonlar yordamida hosil qilingan va kolloid kimyo tomonidan o'rganiladi. Ko'pchilik bo'yoqlar, kolloid sistema holatida qo'llaniladi. Unda bo'yovchi modda dispers faza va suv asa dispers muhit rolini o'ynaydi. Teri oshlash jarayoni ham kolloid-kimyoviy jarayondir, chunki unda buktirish, gidratatsiya, piptizatsiya, adsorbtsiya, degidratatsiya jarayonlari qo'llaniladi. o'simlik va hayvon organizmlarining oziqlanishi va o'sishi ham kol-loid-dispers sistemalarga asoslangan. Kauchukni qattiq va elastik rezinaga aylantirish maqsadida qora qurum ishlatiladi. Bu yerda kauchuk dispers muhit va qurum esa dispers faza rolini o'ynaydi. Shu sababli rezinaning mustahkamligi 10-20 marta oshadi. Kolloid-kimyoviy jarayonlar metallurgiyada, keramik buyumlar, tsement, plastik massalar, qimmatbaho sun'iy toshlar, rangli shishalar. Sun'iy teri, qog'oz, karton, sovun, surkov moylari, bo'yoqlar, pigmentlar, laklar, har xil emulsiyalar, metall qotishmalar ishlab chiqarishda juda katta ahamiyatga ega. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.88 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.88 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga