Kolloid sistemalarni olinishi va tozalash usullari

Kolloid sistemalarni olinishi va tozalash usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Kolloid sistemalarni olinishi va tozalash usullari - rasmi

Material tavsifi

Kolloid sistemalarni olinishi va tozalash usullari Reja: Kolloid sistemalarni olinishi Kolloid eritmalarni tozalash Kolloid sistemalarni olinishi Dispers sistemalarni zarrachalarining о'lchamiga qarab sinflarga ajratilganda ma'lum bо'ldiki, kolloid sistemalar dag'al dispers sistemalar bilan chin eritmalar orasidagi oraliq holatni egallaydi. Ularda eng yuqori disperslanish darajasiga erishiladi. Bu sistemalarda faza, geterogenlik terminlari saqlanadi. Kolloid sistemalarni (eritmalarni) olish bir-biriga qarama-qarshi ikkita usulga asoslangan. Birinchi usul dispergatsiya, ikkinchisi esa kondensatsiya usullari deb nomlanadi. 4.1-rasm. Dispers sistemalarni olinish sxemasi: a-kondensatsiya (kichik zarrachalarni yiriklashishi); b-disperslash; (yirik zarrachalarni maydalash). Dispergatsiya usulida kolloid sistema olish uchun qattiq jism stabilizator ishtirokida kukun qilib maydalanadi, hosil qilingan kolloid o'lchamidagi dispers faza dispersion muhitda bir tekis tarqalishi natijasida kolloid sistemalar olinadi. Dispergatsiya usulida kolloid eritma olishning bir necha usullari mavjud: Kolloid tegirmonlar yoki vibro-tegirmonlar yordamida maydalash; Metallarni elektr toki yordamida changlatish; Ultratovush yordamida maydalash; Peptizatsiya. Ma'lumki, qattiq jism yoki suyuqlikni kolloid o'lchamigacha (1-100 nm) maydalash jarayoni ish yoki energiya sarflashni talab etadi. Bu ish A=K⋅S formula bilan ifodalanadi. Formulada K - dispergatsiya usuliga va maydalanayotgan modda tabiatiga bog'liq bo'lgan kattalik, S - yangi hosil bo'layotgan yuza. Odatda moddalar yuqori disperslik darajasigacha maydalanganda ko'p g'aroyib xossalarga ega bo'lib qoladi. Masalan, bo'yoqlar chiroyli jilvaga, yarqiroqlik, barqarorlik, yengil qoplanuvchanlik xossalariga erishadi. Katalizatorlar kimyoviy reaksiyalarda yuqori faollikka erishadi, oziq-ovqat mahsulotlarini ta'm-mazasi yaxshilanadi, kraxmal va oqsil moddalarning suvda eruvchanligi ortadi va h.k. Aytib o'tganimizdek, kolloid sistemalarda zarrachalar o'lchami 1nm dan 100nm gacha bo'lishi kerak edi. Bunday o'lchamli zarrachalarni olish uchun katta o'lchamli zarrachalarni maxsus tegirmonda yoki vibrotegirmonlarda maydalanadi. Kolloid tegirmon yordamida bo'yoq, oltingugurt, grafit, kvars va boshqa moddalarning kolloid eritmalari tayyorlanadi. Kolloid tegirmonning ishlashi quyidagi ikki prinsipga asoslangan: Moddani juda ham maydalash uchun tez-tez beriladigan yengil zarblar yaxshi ta'sir etadi; kolloid tegirmonda beriladigan zarba maydalanadigan moddaning bevosita о'ziga emas, balki suyuqlik orqali beriladi. Kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda avval maydalanadi, suyuqlik (dispersion muhit) va stabilizator bilan aralashtiriladi, sо'ngra u teshik (1) orqali tegirmonga solinadi (4.2 - rasm). Suyuqlik va uning ichidagi qattiq jism о'qqa о'rnatilgan kurakcha (2) yordami bilan tez qorishtiriladi (kurakcha minutiga 100-1500 marta aylanadi). Natijada suyuqlik va qattiq modda zarrachalari juda tez harakatlanadi va harakatsiz tishlar (3) ga kelib urilib, maydalanadi. Tayyor maydalangan mahsulot tegirmonning pastki qismidagi teshik (4) orqali chiqarib olinadi. 4.2-rasm. Kolloid tegirmon Dispergatsiya jarayonnini osonlashtirish uchun jism ho'llanib qo'shimcha moddalar ishtirokida kukun qilib maydalanadi. Qo'shimcha modda sifatida ishlatiladigan har xil tuzlar (NaCl, CaCl2, MgCl2, AICl3, Na2CO3, Na2SiO3) ishqorlar -NaOH, Ca(OH)2, sovun va ba'zi sirt-faol moddalar dispergatsiya jarayonini osonlashtirish bilan birga, olinayotgan kolloid sistemaning barqarorligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga