Kolloid zollarning sinflari Reja: Kolloid sistemalarning klassifikattsiyasi Liofil va Liofob kolloidlar Gidrozol, aerozol, gidrofil, gidrofob kolloidlar Kolloid sistemalarning klassifikatsiyasi Kolloid ximiyada ham sistemalarni sinflarga bo'lishda kolloid sistemalarning bir necha belgilari asos qilib olinadi. Barcha kolloid sistemalar: a) dispers faza zarrachalarining katta kichikligiga (disperslik darajasiga), b) dispers sistemalarning agregat holatiga, v) dispers faza va dispersion muhit orasida mavjud bo'lgan o'zaro ta'sirlariga qarab bir necha sinfga bo'linadi. Dispers faza zarrachalarining katta - kichikligiga qarab dispers sistemalarga ajratiladi. Disperslikni o'lchash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: bu yerda D disperslik, a - dispers faza zarrachasining kundalang kesim uzunligi, masalan, sferik zarracha chuchn a sifatida diametr, kub shaklidagi zarracha uchun kubning uirrasi olinadi. Zarrachaning o'lchami qancha kichik bo'lsa, sistemaning disperslik darajasi shuncha katta bo'ladi. Moddalarning maydalanish darajasini ifodalashning ikkinchi usuli materiallning solishtirma sirti ni ikki formula bilan aniqlashdan iborat: birinchisi ikkinchisi agar V ning o'rniga (bu yerda m - massa, d - zichlik)ni qo'ysak ga ega bo'lamiz. Bu holda xam disperslik o'lchamligi bilan bir xil natija kelib chiqadi. Disperslikni ifodalashda asosan ikkinchi formula kullaniladi; dispers sistemalar uchun solishtirma sirt 10-106 atrofidagi qiymatlarni tashkil etadi. Agar solishtirma sirtning qiymati 103 dan ortiq bo'lmasa, bunday holda biz dag'al dispers sistemaga ega bo'lamiz. Bo'lar jumlasiga suspenziya, emulsiya va kukunlar kiradi. Kolloid sistamalarda l ning qiymati 10-7 m atrofida (yoki undan kichik) bo'lgani uchun kolloid zarrachalarning solishtirma sirti dir: aerozollar uchun xam ana shunday qiymatga egamiz. Vo Ostvald dispers sistemalarni agregat holatiga qarab sinflarga bo'lishni taklif qiladi. Dispers faza va dispersion muhitning agregat holatiga qarab dispers sistemalar 9 xil tipda bo'lishi mumkin. 1. G - G 4. S G 7. K - G 2. G - S 5. S - S 8. K - S 3. G - K 6. S - K 9. K - K Bu yerda G - gaz holatidagi modda: S - suyuq modda, K - qattiq modda. Birinchi uringa dispersion muhit, ikkinchi uringa esa dispers faza quyilgan. Odatda yuqori disperslikka ega bo'lgan kolloid eritma zol deb ataladi. Masalan, kumushning kolloid eritmasi kumush zoli, temir (II) - gidroksidning kolloid eritmasi temir (II) - gidroksid zoli deb ataladi. Zollarni atashda dispersion muhitni hosil qiluvchi moddaning tabiati asos qilib olinadi: dispersion muhiti suv bo'lgan zol - gidrozol, dispersion muhiti organik moddadan iborat zol organozol deyiladi (xususan, alkazol, benzozol kabi nomlar xam uchrab turadi). Agar dispersion muhitni gaz tashkil etgan bo'lsa bunday zol aerozol deb ataladi. Tuman va tutun aerozollar jumlasiga kiradi. Suyuk dispersion muhitga ega bo'lgan zollar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.9 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.9 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: doc