Kolloid zollarning tuzilishi va fizik xossalari

Kolloid zollarning tuzilishi va fizik xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Kolloid zollarning tuzilishi va fizik xossalari - rasmi

Material tavsifi

Kolloid zollarning tuzilishi va fizik xossalari Reja: Kolloid zarrachalarining tuzilishi haqida mitsellyar nazariya Kolloid zarrachaning tuzilishi: yadro, granula, mitsella Kolloid zarrachalarning ishoralarini aniqlash Mitsellaning geometrik tuzilishi Rus olimlari A.V.Dumanskiy, N.P.Peskov, S.M.Lipatov, A.N.Frumkin hamda chet ellik olimlar Fayans, Kroyt va boshqalar qo'sh elektr qavat nazariyalari asosida kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida mitsellyar nazariya yaratishga muvaffaq bo'ldilar. Dastlab bu nazariyani kolloid ximiyada o'rganiladigan barcha obyektlar (shu jumladan liofil zollar) uchun tatbiq etish mumkin, deb faraz qilindi. Lekin keyinchalik olib borilgan tekshirishlar mitsellar nazariyaning faqat liofob kolloidlarga taalluqli ekanligini aniq ko'rsatadi. Liofil zollar, yani yuqori molekulyar va polimer moddalarning eritmalari tamomila boshqa tuzilishiga ega ekanligini aniqlandi. Mitsellyar nazariyaga muvofiq, har qanday liofob (gidrofob) kolloid eritma ikki qismdan iborat: ularning biri - mitsellalar bo'lib, ikkinchisi intermitsellyar suyuqlikdir. Mitsellalar alohida kolloid zarrachalar bo'lib, ular zolning dispers fazasini tashkil etadi. Intermitsellyar suyuqlik esa o'sha zolning dispersion muhitidan iborat; uning tarkibida erituvchidan tashqari yana boshqa erigan moddalar (elektrolit va elektrolitmaslar, mitsella tarkibida uchramaydigan birikmalar) bo'ladi. Mitsella - oddiy molekulalarga qaraganda ancha murakkab tuzilishga ega. Unda ikki qism - neytral modda - yadro va qo'sh qavatdan iborat sirtqi ionogen qism mavjud. Mitsellaning yadrosi juda ko'p atom yoki molekulalardan tarkib topgan neytral modda bo'lib; uni ionlar qurshab turadi. Liofob kolloid eritma tarkibida bo'lgan elektrolit ionlari zolni barqaror qilib turadi; shuning uchun xam ular ionli stabilizatorlar deb ataladi. Yadro va unga adsorbilangan ionlar birgalikda granula yoki kolloid zarracha deyiladi. Granula malum zaryadga ega bo'lgani uchun uning atrofida qarama - qarshi zaryadli ionlar yig'iladi, lekin bu ionlar zarrachaga zaifroq tortilib turadi va dispersion muhitning bir qismini tashkil qiladi. Shunday qilib mitsella granuladan va uning atrofidagi qarama - qarshi zaryadli ionlardan iborat sistemadir. Mitsella elektr maydon ta'sir yetmagan sharoitda elektroneytral bo'ladi. Uni intermitsellyar suyuqlik qurshab turadi. Bularni quyidagicha sxema shaklida yozish mumkin: Granula (yani kolloid zarracha) = yadro + qo'sh adsorbtsion qavat; mitsella = granula + qarama-qarshi zaryadli ionlar diffuz qavat; zol = mitsella + intermitsellyar suyuqlik; Granula (kolloid zarracha) va mitsellani quyidagi sxema shaklida tasvirlash mumkin: Misol tariqasida temir (II) gidroksid Fe(OH)3 zolini ko'rib chiqamiz. Bu zolni hosil qilish uchun temir (II) xlorid FeCl3 eritmasi issiq holatda gidroliz qilinadi. Reaksiyani olib borishda ikki shartga rioya qilish kerak: I - mayda kristallar hosil bo'lishi uchun reaksiya suyultirilgan eritmalarda o'tkaziladi; II - qo'sh elektr qavat hosil bo'lishi uchun reaksiyaga kirishish uchun moddalardan biri mo'l miqdorda olinadi. Gidroliz reaksiyasi quyidagshi tenglama bilan ifodalanadi: FeCl3 + 3 HOH ↔ Fe(OH)3 + 3 HCL Fe(OH)3 ning sirtdagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.3 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 118.3 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga