Kolloidlarning koagulyatsiyasi

Kolloidlarning koagulyatsiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Kolloidlarning koagulyatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Kolloidlarning koagulyatsiyasi Reja: Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi Kolloidlarning elektrik xossalari Kolloid sistema dispers fazaning solishtirma sirti katta bo'lganligi sababli sistemada ortiqcha erkin sirt energiya hosil bo'ladi. Shuning uchun kolloid sistemalar termodinamik jihatdan barqaror bo'lmaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq erkin energiya minimumga intilishi kerak. Kolloid zarrachalar bilan suyuqlik chegarasi orasidagi sirt kamaygandagina kolloid sistemadagi erkin sirt energiya minimumga erisha oladi. Kolloid zarrachalarning molekulyar kuchlar ta'siri ostida o'zaro birlashib yiriklasha borish jarayoniga koagulyatsiya deyiladi. Yiriklanish jarayoni ba'zi kolloidlarda juda tez, ba'zilarida esa ancha uzoq davom etadi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari (suyuqlik va qattiq jismning solishtirma og'irliklariga qarab) idish tubiga cho'qish (sedimentatsiya, yoki emulsiyalarda suyuq qavat holida ajralib qolishi (koatservatsiya) mumkin. Dispers fazaning zarrachalari og'irlik kuchi ta'siri ostida sezilarli darajada cho'kmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Dispers sistemaning sedimentatsion barqarorligi dispers faza zarrachalarining og'irlik kuchiga (yoki markazdan qochuvchi kuchga) bardosh berish qobiliyatini ko'rsatadi. Sedimenitatsion barqarorlik diffuziyaga va broun harakatiga bog'liq bo'ladi. Sistemaning sedimentatsion barqarorligini aniqlash uchun dispers faza zarrachalarining dispersion muhitdan og'irlik kuchi (yoki markazdan qochirma kuch) ta'siri ostida ajralib chiqish shartlarini ko'rib chiqish kerak. Suspenziya va emulsiyalarda zarrachalarning o'lchamlari ancha katta bo'lganligidan ular o'z-o'ziga harakat qila olmaydi, ya'ni ularda diffuziya deyarli bo'lmaydi. Shuning uchun suspenziya va emulsiyalar sedimentatsion jihatdan barqaror emas. Demak, dag'al dispers sistemalar sedimentatsion jihatdan barqaror bo'lmagan geterogen sistemalardir. Kolloid eritmalarda dispers faza va dispersion muhit o'rtasidagi sirtning potensial energiyasi ortib ketadi. Erkin energiya minimumga intilganda kolloid eritmaning fazalar o'rtasidagi sirt energiya kamayishga intiladi. Kolloid eritma zarrachalarining bir-biri bilan qo'shilib, yiriklashish hodisasi koagulyatsiya (koagullanish) deyiladi. Yiriklashgan zarrachalar og'irlik kuchi ta'siri ostida eritmaning yuqori qismidan past qismlariga ko'cha boshlaydi, nihoyat zarrachalar eritmadan ajralib chiqadi. O'z-o'ziga qoldirilgan liofob kolloid ma'lum, ba'zan juda uzoq vaqt o'tgandan keyin koagulyatsiyalanadi. Turli vositalar yordami bilan koagulyatsiyani tezlatishi mumkin. Koagulyatsiyani uch xil yo'l bilan tez vujudga keltiriladi: 1) Zolga elektrolit qo'shish; 2) Zolga boshqa kolloid qo'shish; 3) Zolni qizdirish yo'li bilan. Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi Kolloidning mithellalari ikki xil shaklda bo'ladi: 1) simmetrik mitsella (masalan, sharsimon); 2) Asimmetrik mitsella (masalan, tekis plastinkasimon, cho'ziq tayoqchasimon). Mitsellaning shakli mitsella yadrosining kristallik tuzilishiga bog'liq, chunki yadro tarkibiga kiruvchi atom yoki molekulalar ma'lum tipdagi kristallik panjaraga ega. Asimmetrik zarrachalardan iborat kolloid sistemalar alohida xususiyatga ega, bu sistemalar ichida to'rsimon strukturalar hosil bo'ladi. Kolloidlarning elektrik xossalari Kolloid zarrachalarning sirti katta bo'lganligi uchun ionlar ularga oson yopishadi, ya'ni adsorbsiyalanadi. Adsorbsiyalangan shu ionlar kolloid eritmalarning barqarorligiga ta'sir qiladi. Kolloid eritma ichidagi barcha zarrachalar musbat yoki manfiy zaryadga ega bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.09 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.09 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga