Kolloidlarning olinishi va xossalari Reja: Kolloid sistemalarning xillari Metallarni elektr yordami bilan «changlatish» usuli Kolloid kimyo mustaqil fan bo'lib, bir qator xususiyatlari jihatdan bir-biriga o'xshash turli-tuman sistemalarni tekshiradi. Kolloid kimyoni ma'lum sinflarga oid dispers sistemalarning fizik kimyosi deb qarash mumkin. Biror moddaning mayda bo'lakchalari boshqa bir modda ichida tarqalishidan hosil bo'lgan sistema dispers sistema deyiladi (dispers so'zi lotincha dispersus ya'ni tarqalmoq so'zidan kelib chiqqan). Tarqalgan modda dispers faza ikkinchi modda dispersion muhit deb nomlanadi. Dispers sistemaning barqarorligi dispers faza va dispersion muhit zarrachalarining katta-kichikligiga qarab uch sinfga bo'linadi. 1) Dag'al dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya va ko'piklar). Bu sistemalarda dispers faza zarrachalarning o'lchami 100 mmkm (mmkm-millimikron) dan ortiq bo'ladi. 2) Kolloid sistemalar. Bularda dispers faza zarralarning o'lchami 1 mmkm dan 100 mmkm gacha bo'ladi. 3) Chin eritmalar dispers faza zarrachalarning o'lchami 1 mmkmdan kichik bo'ladi. Kolloid sistemaning dispers fazalari dispersion muhitdan ma'lum sirtlar bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi. Shuning uchun kolloid sistemalar mikrogeterogen sistemalar deb qaraladi. Har qanday modda ba'zi sharoitda kolloid eritma, ba'zi sharoitda esa chin eritma hosil qilishi mumkin. Misol: sovun suvda eriganda kolloid eritmasini hosil qiladi, lekin sovunni spirtda eritib, chin eritma hosil qilish mumkin. Kolloid sistemalar turmush sanoatda g'oyat katta ahamiyatga ega. O'simlik va hayvon organlarining asosiy tarkibiy qismlari kolloid holatda bo'ladi. O'simlik va hayvonlar ham ko'pincha kolloid bilan oziqlanadi. Sintetik kauchuk, sun'iy shlak, plastmassa va hoka'zolar ishlab chiqarish texnologiyasi ham kolloid kimyo yutuqlariga asoslanadi. Sun'iy ipak va sintetik materiallar (kapron, lavsan va boshqalar) ishlab chiqarishda, bo'ktirish, koagulyatsiya, adsorbsion va boshqa kolloid kimyoviy jarayonlar katta ahamiyatga ega. O'simliklardan olingan tolalarni, hayvonlardan olingan jun va sintetik tolalarni bo'yash uchun kerakli bo'yoqlar ham kolloid sistemalar holida bo'ladi. Charm tayyorlash sanoatida terini bo'ktirish, qo'llash, oshlash, qo'lda yuvish va hokazo jarayonlar kolloid kimyoga oiddir. Metallurgiya, kulolchilik ishlarida, sement, plastmassa, sun'iy toshlar, rangli shisha, qog'oz, sovun, surkov moylari, langar ishlab chiqarishda, tibbiyot va texnikaning boshqa sohalarida kolloid-kimyoviy jarayonlarning ahamiyati juda katta. Kolloid sistemalarning xillari Barcha dispers sistemalar dispers faza zarrachalarining katta- kichikligiga, disperslik darajasiga qarab va dispersion muhitning agregat holiga qarab bir necha sinfga bo'linadi. Dispersion muhitning agregat holiga qarab, dispers sistemalar 9 turda bo'lishi mumkin. Birinchi o'ringa dispersion muhit, ikkinchi o'ringa dispers faza qo'yilgan. Kolloid eritma, odatda, zol deb ataladi. Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi bog'lanishga qarab, kolloid sistemalar liofob va liofil kolloidlar degan ikki guruhga bo'linadi («lio» - eritaman degan ma'noni anglatadi). Liofob kolloidlarga oltin, platina, kumush, oltingugurt zollari, metall sulfidlarning gidrozollari va shu kabilar kiradi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.04 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.04 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: doc