Kolloidlarning o'zaro koagulyatsiyasi Reja 1. Kolloidlarning kolloidlar ta'siridan koagulyatsiyalanishi. 2. Kolloidlarning isitish ta'siridan koagulyatsiyalanishi. 3. Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi. 4. Dispers sistemalarning barqarorligini oshirish muammolari. 5. Koatservatsiya hodisasi. 6. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining himoyaviy ta'siri. 1. KOLLOIDLARNING KOLLOIDLAR TA'SIRIDAN KOAGULYATSIYALANISHI. Kolloidlarning kolloidlar bilan koagulyatsiyalanishi (o'zaro koagulyatsiya) ularning zaryadiga va kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi. Masalan, AgI ning musbat va manfiy zollari o'rtasida (ular ekvivalent miqdorda olinganda) bo'ladigan o'zaro koagulyatsiyani quyidagi sxema bilan ko'rsatish mumkin: [nAgI] · xI- + [nAgI] · xAg+ → (2n + x) AgI Agar musbat zaryadli zoldan ortiq miqdorda qo'shilgan bo'lsa zol batamom koagulyatsiyalanmaydi: [mAgI] · xAg+ + [nAgI] · yI- → (m+n) + y) · AgI · (x-y) Ag+ natijada zol musbat zaryadli bo'ladi. Ichiladigan suvni tozalash uchun kolloidlarning o'zaro koagulyatsiyalanish hodisasidan foydalaniladi. Suvdagi organik moddalar manfiy zaryadli bo'ladi. Suvga xlor qo'shilib, bakteriyalar o'ldirilgandan keyin, suvga oz miqdorda alyuminiy sulfat qo'shiladi. Bu tuz gidrolizlanadi. Hosil bo'lgan gidroksidning musbat zaryadli kolloid suvdagi organik moddalarning manfiy zaryadli kolloidlarini koagulyatsiyalaydi. Natijada hosil bo'lgan koagulyatlar cho'kadi, suv esa tiniydi. 2. KOLLOIDLARNING ISITISH TA'SIRIDAN KOAGULYATSIYALANISHI. Kolloid eritmalar isitilsa, ba'zan tez koagulyatsiyalanadi; ba'zan isitish kam ta'sir etadi. Umuman, kolloidlar qaynatilganda zolning zaryadi kamayadi, eritmada zarracha va ionlar o'rtasidagi muvozanat buziladi: eritma qizdirilganda kolloid zarrachalar ionlarni yomon adsorbilaydi; natijada ularning zaryadi kamayadi va bunday zarrachalar bir-biri bilan uchrashib, koagulyatsiyalanadi. 3. KOLLOID SISTEMALARNING STRUKTURA HOSIL QILISHI. Kolloidlarning mitsellalari ikki xil shaklda: 1) simmetrik mitsellalar (masalan, sharsimon mitsellalar) va 2) asimmetrii mitsellalar (masalan, tekis plastinkasimon, chuziq tayoqchasimon va hokazo shakllardagi mitsellalar) bo'ladi. Mitsellaning shakli mitsella yadrosining kristallik tuzilishiga bog'liq chunki yadro tarkibiga kiruvchi atom yoki molekulalar ma'lum tipdagi kristallik panjaraga ega. Asimmetrik zarrachalardan iborat kolloid sistemalar alohida xu-susiyatga ega: bu sistemalar ichida tursimon strukturalar hosil bo'ladi. Asimmetrik zarrachalar shu bilan farq qiladiki, ularni qurshab olgan solvat qobiq ya'ni erituvchi molekulalaridan iborat qobiq bir tekis taqsimlangan bo'lmaydi: zarrachaning bir qismi ko'proq bir qismi esa kamroq solvatlangan bo'ladi. Zarrachalar o'zaro to'qnashganda ular uzlarinint kamroq solvatlangan qismlari bilan bir-birini tortadi. Ana shuvday tortishuv natnjasida xuddi ko'pikka o'xshash tursimon strukturalar hosil bo'ladi. 4. DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI. Dispers sistemalarning barqarorligini oshirish muammosini hal qilishda P.A.Rebinderning strukturalar hosil bo'lish va sirt-aktiv moddalarning ta'sir etishiga oid ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Agar kolloid sistemaga oz miqdor sirt-aktiv modda qo'shilsa, sirt-aktiv modda ikki xil ta'sir etashi mumkin; ko'p hollarda dispers fazada peptizatsiya ro'y beradi, ya'ni koagulyatsiyaviy struktura hosil bo'lishida ishtirok ztadigan mayda zarrachalar soni sust va koagulyatsiya pasayadi. Sistemaning mexanikaviy mustahkamligi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: doc