Kombinatsion sochilish spektri

Kombinatsion sochilish spektri

O'quvchilarga / Kimyo
Kombinatsion sochilish spektri - rasmi

Material tavsifi

Kombinatsion sochilish spektri (KS) 1. Molekulaning qutblanishi. IQ va KS-spektroskopiyalar orasidagi bog'lanishlar Yorug'likning kombinatsion sochilish hodisasini birinchi marotaba 1928 yilda sovet fiziklari L.I.Mendel-shtam va G.S.Landsberglar kuzatishgan. Aynan shu vaqtda hind olimlari Ch.V.Raman va K.Krishnan toluol molekulasining kombinatsion sochilish spektrini olishgan. Bu optik spektroskopiya nazariyasini va uni amaliyotga tatbiq etish ishlarini kashf qilgani uchun Ch.V.Raman Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Kombinatsion sochilish spektri zaminida monoxromatik nurlanishning o chastotali oqimi yo'naltirilganda (chastota qiymati ko'rinuvchan va yaqin ultrabinafsha sohaga to'g'ri kelganda) moddadan o'tib kombinatsion nur tarkibida h energiyaga ega bo'lgan kvantlardan tashqari, shunday kvantlar bo'ladiki, ularning chastotasi q chastotasi bilan moddaga tegishli bo'lgan tebranma va aylanma chastotalarining ( aylanma tebranma) yig'indisidan tashkil topishi yotadi. Infraqizil nurning yutilishi molekulaning tebranma harakati natijasida doimiy dipol momentlarining o'zgarishi bilan, kombinatsion sochilish spektri esa tebranma harakatning sodir bo'lishi oqibatida molekulaning qutblanishga uchrashishi bilan izohlanadi. Molekulaning qutblanuvchanligi molekulaning hosil bo'lishidagi elektr zaryadlarning holati bilan belgilanib, ular tashqi elektr maydoni ta'sirida muvozanat holatdan siljib o'tib qutblanishga uchrashi mumkin. Molekula aylanma va tebranma holatlarga uchraganda uning qutblanuvchanligi o'zgaradi, buning natijasida elektronlar energiyasining o'zgarishi sodir bo'ladi. Kombinatsion sochilish spektri bilan IQ spektrining fizikaviy manosi turlicha bo'lgani uchun KS spektrida ayrim tebranish chastotalari aniq va yuqori intensivlikda namoyon bo'ladi, ammo aynan shunday chastotalar IQ spektrida kuchsiz intensivlikda hosil bo'ladi (10-jadval). jadval. Aynan bir moddaning KS va IQ spektrlarini solishtirish kerak. Olib borilgan amaliy ishlardan malumki, hamma vaqt ham olingan KS va IQ spektrlari bir-biriga mos kelmasligi mumkin, yani IQ spektridagi yutilish chastotalari KS spektrida bo'lmasligi mumkin yoki aksincha. Shuning uchun bu ikkala usulni tandem sifatida birgalikda ishlatiladi. KS yordamida IQ spektrida aniqlash qiyin bo'lgan atomlararo tebranishlarni aniqlash va o'rganish mumkin. Bizga malumki, IQ-nurlanishi yutilishini ko'rsatish uchun molekula elektr dipol momentga ega bo'lishi zarur. Simmetrik tebranishlarda, masalan, galoidli etilen hosilarida SS rypyxiga tegishli chastota IQ spektrida kuzatilmaydi, ammo KS da esa chastota aniq namoyon bo'ladi, chunki yorug'likning sochilishi elektron qavatlarning qutb-lanishi bilan izohlanadi. Spektral chiziqlarningintensivligi tebranishdagi kutbning o'zgarishiga bog'liq. Etilen molekulasida S-N bog'larining tebranishini quyidagi turlari bo'lishi mumkin: S-N guruhining birinchi tur tebranishlarida elektr zaryadlari siljishining yig'indisi nolga teng (simmetrik tebranishlar). IQ spektrida bunday terbanishlar ko'rinmaydi, ammo KS da esa ularga tegishli chastota kuzatiladi. Ikkinchi tur tebranishlarida esa SN bog'larining juft guruhlari bir yo'nalishda o'zaro tebranishga ega, bu esa etilen molekulasida zaryadlarning siljishiga sababchi bo'ladi (antisimmetrik tebranishlar). Bu tebranishlar IQ spektrda yaxshi ko'rinadi. Organik birikmalarning qaysi sinfdanligiga va qanday ma'lumot olinishiga qarab optik spektroskopiyaning IQ yoki KS spektrlaridan foydalanish mumkin. Masalan, uglevodlarning tuzilishini o'rganishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.35 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.35 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga