Kompleks birikmalar haqida umumiy tushunchalar Reja: Koordinatsion birikmalarni olish. Verner nazariyasi. Koordinatsion birikma xillari. Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar va ligandlar. Koordinatsion birikmalar sinflari. Koordinatsion birikmalar kimyosining muhim qoidalari. Koordinatsion birikmalarda kimyoviy bog'lanish tabiati. Kovalent bog'lanish nazariyasi. Molekulyar orbitallar nazariyasi [molekulyar orbitallar usuli ― (MOU)]. Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqotlar natijasida XIX asrning oxirlariga kelib, barcha kimyoviy birikmalar ikki turkumga bo'linadi : bularning biri atomli (yoki sodda) birikmalar va ikkinchisi molekulyar (yoki murakkab) birikmalar nomini oldi. Keyinroq birinchi xil birikmalar birinchi tartibdagi birikmalar, ikkinchisi esa yuqori tartibdagi birikmalar deb ataladi. CuCl2, BF3, NH3, FeCl3 kabi moddalar birinchi tartibdagi birikmalar qatoriga kiritildi ; ularning hosil bo'lishi valentlik qoidasiga bo'ysunadi. Yuqori tartibdagi birikmalar biror sodda birikmaning boshqa sodda birikma bilan o'zaro birikishi natijasida hosil bo'ladi. Masalan, mis xlorid eritmasiga ammiak ta'sir ettirilganda bu ikki sodda birikmadan molekulyar birikma hosil bo'ladi : CuCl2 + 4NH3 → CuCl2 · 4NH3 Vaqt о'tishi bilan yuqori tartibdagi birikmalarning soni kyib bordi. Keyinchalik, yuqori tartibli birikmalarning nisbatan barqarorlari kompleks (koordinatsion) birikmalar deb ataladi. Tasser 1798 yilda birinchi bо'lib kompleks birikma (CoCl3 · 6NH3) ni hosil qildi. Kompleks birikmalarni о'rganish shuni kо'rsatdiki, kompleks hosil bо'lish hodisasi ayrim elementlardagina uchramasdan, balki D.I.Mendeleyev davriy sistemasining kо'pchilik elementlariga xos bо'lgan hodisadir. Koordinatsion birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markaziy ion yoki atomga ega bо'lib, buni bir necha ion yoxud molekulalar, ya'ni ligandlar qurshab turadi. Hozirgacha koordinatsion birikmalarga aniq ta'rif berilmagan. Akademik Y.N.Kukushkin kompleks birikmalarga quyidagi ta'rifni berdi : «Kompleks birikma deganda kristall holatda bо'lmasin, eritmada bо'lmasin, tarkibida ligandlar bilan qurshalgan markaziy atomi mavjud birikmalarni tushunmoq kerak». Ligand markaziy atom atrofida bitta yoki bir necha о'rin egallashi mumkin. Masalan : Cl‾, Br‾, I‾, CO, H2O, NH3 kabi ligandlarning har biri bittadan о'rin oladi. Ular m o n o d ye n t a t l i g a n d l a r deyiladi. Oksalat ion C2O2-4 ning har biri ikkita о'rin oladi, shuningdek etilendiamin - H2N ― CH2 ― CH2 ― NH2 (En) ham ikkita о'rin oladi. Bular b i d ye n t a t l i g a n d l a r deyiladi. Dietilentriamin u ch d ye n t a t l i l i g a n d hisoblanadi. Tо'rt dentatli ligand uchun β, β׳, β״ - triaminotrietilamin (tren) - tarkibli moddani kо'rsatish mumkin. Polidentat ligandlar tarkibida ikkitadan ortiq donor atom bо'ladi. Etilendiamintetraatsetat kislota (EDTAK) ye k s a d ye n t a t l ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.58 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.58 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: doc