Kompleks birikmalar kimyosining rivojlantirishda o'zbek kimyogarlarining xizmatlari

Kompleks birikmalar kimyosining rivojlantirishda o'zbek kimyogarlarining xizmatlari

O'quvchilarga / Kimyo
Kompleks birikmalar kimyosining rivojlantirishda o'zbek kimyogarlarining xizmatlari - rasmi

Material tavsifi

Kompleks birikmalar kimyosining rivojlantirishda o'zbek kimyogarlarining xizmatlari Kompleksning barqarorligi markaziy ion bilan ligandlar orasidagi kimyoviy bog'lanish tabiatiga, zaryadiga, radiuslariga, ayniqsa, markaziy ion zaryadi bilan radiusi orasidagi nisbat (zπ) ga , erituvchi tabiati, temperatura, ayni elementning D.I.Mendeleyev sistemasidagi o'rniga va boshqa omillar bog'liq. Bosh guruhcha elementlariga nisbatan qo'shimcha guruhcha elementlari barqaror birikmalar hosil qiladi. Buning sababi ionlar radiuslari yaqin bo'lgan holda ham, qo'shimcha guruhcha elementlarining tashqi valent qobig'idagi elektronlari yadro zaryadining ta'siridan zaif niqoblanganligidir. Masalan, Na+ va Cu+ ion radiuslari bir-biriga yaqin (VNa+ =0,095 va VCu+=0,093 nm) bo'lsa, ularning ionlanish potensiallari Na+ uchun 495,8 kJ.mol-1 va Cu+ uchun 744,8 kJ.mol-1 bo'lishi, Cu+ ionining elektronga moyilligi ancha yuqori ekanligini ko'rsatadi. Shu sababli Cu+ ligand elektron bulutlarini Na+ ga nisbatan kuchliroq tortadi va bog' mustahkamligi ortadi. Ionlanish potensialining radiusga nisbatini ionning zaryad zichligi deb ataladi va bu qiymat elektrostatik tortishish energiyasiga diyarlik to'g'ri proporsional bo'ladi. Mn2+, Fe2+, Co2+, Ni2+, Cu2+ va Zn2+ ionlarining bir xil ligand bilan hosil qilgan koordinasion birikmalarining mustahkamligi quyidagicha o'zgaradi: Mn2+ Fe2+ Co2+ Ni2+ Cu2+ Zn2+ Koordinasion birikmalarning beqarorlik va barqarorlik konstantlari tajribada to'g'ri usullar bilan aniqlanadi. Oraliq metallar ionlarining azotli va kislorodli ligandlar bilan hosil qiladigan komplekslari ustida Tosh.DU xodimlari (O'z bekiston FA a'zosi, prof. Parpiyev N.A., Prof. Raximov X.R., dots. Muftaxov A.G., dots. Nigay K.G., dots. Asamov K.A., Tursunov A.A. va boshqalar) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar koordinasion birikmalarning suvda va organik erituvchilarda barqarorligi, ularning ichki tuzilishi to'g'risida yangi ma'lumotlar olishga va ularning tayyorlashning yangi usullarini yaratishga imkon beradi. Fermentlar hayotda ko'pchilik jarayonlarda (oziq-ovqat tayyorlashda: non pishirishda, vinosozlik, pivo, pishloq tayyorlash, choyni fermentasiyasida, sirka, spirttayyorlashda), mikrobiologiyada, farmasevtikada va tibbiyotda keng qo'llaniladi. Gidrolaza sinfiga kiradigan amilaza fermentini odamning sulak bezi ishlab chiqaradi. Kraxmal, glikogen va ularga yaqin bo'lgan polisaxaridlarning gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi. Fermentlarni o'rganish sohasida A.Ya. Danilevskiy, A.N.Lebedov, a.N.Bax, A.I.Oparin, B.A.Engel'gardt, I.Berezin katta hissa qo'shdilar, hozir esa B.O. Toshmuhammedov, M.M. Rahimov va ularning shogirdlari muvaffaqiyat bilan ish olib bormoqdalar. O'z bekiston FA a'zosi, prof. Parpiyev N.A., prof. Raximov X.R., dots. Muftaxov A.G., dots. Nigay K.G., dots. Asamov K.A., Tursunov A.A., O.F.Xodjayev, I.Sharipov, Z.Musayev kabi ko'plab o'zbek olimlarining koordinasion birikmalar kimyosi faniga, sohasiga qo'shgan hissalari juda kattadir. Ular tomonidan sintez qilingan preparatlar, dori-darmonlar hozirgi kunda qishloq xo'jaligida, tibbiyotda va xalq xo'jaligining ko'plab sohalarida ishlatilmoqda. Ular tomonidan yaratilgan ko'plab darsliklar, o'quv qo'llanmalardan talabalarimiz, magistrlarimiz, o'qituvchilar foydalanmoqdalar. Ular rahbarligida ko'plab shogirtlar tayyorlanganki, ular hozirgi kunda Respublikamizning turli sohalarida, kimyo sohasini rivojlantirishda faol xizmat qilmoqdalar. Biz yoshlar ham ustozlardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.36 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.36 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga