REJA: Kompleks birikmalar. Kompleks birikmalarning reaksion qobiliyati Ligandlar almashinish reaksiyalari Kompleks birikmalarga xos reaksiyalar Kompleks birikmalar reaksion qobiliyati. Ligandlarning almashinish reaksiyalari 3. Atsidokomplekslar. Ligandlari kislota qoldiqlaridan iborat koordinatsion birikmalar atsidokomplekslar deb ataladi. Masalan, K4[Fe(CN)6]: atsidokomplekslarda bir nechta xil kislota qoldig'i ham bо'lishi mumkin. Masalan, K2[Pt(NO2)4 Br2]. Qо'shaloq tuzlar ham atsidokomplekslar jumlasiga kiradi. Qо'shaloq tuzlar bilan haqiqiy koordinatsion birikmalar orasidagi ayirma shundaki, qо'shaloq tuz suvda eritilganda о'z tarkibidagi ionlari parchalanib ketadi. Masalan, karnallit KCl · MgCl2 · 6H2O ni K[MgCl3] tarkibli koordinatsion birikma deb qarash mumkin. Agar bu modda barqaror koordinatsion birikma bо'lganida edi, eritmada K+ va MgCl3- ionlariga parchalanardi, vaholanki, karnallit suvda eritilganda K+, Mg+2 va Cl - ionlarini hosil qiladi. Koordinatsion birikmalarni olish. Koordinatsion birikmalar olishda quyidagi sintez usullar idan foydalaniladi : Muvozanatli va 2) genealogik sintezlar. M u v o z a n a t l a r sintezda asosiy rolni termodinamik munosabatlar bajaradi. Bunda «mahsulotlar» energetik manfaat jihatidan dastlabki moddalardan kо'ra afzalroq bо'lishi kerak. Bunda reaksiyalarning mexanizmi ikkinchi darajali hisoblanadi, ba'zan «mahsulotlarning» tuzilishi dastlabki moddalarning tuzilishidan umuman boshqacha bо'lishi mumkin. Verner nazariyasi. 1893 yilda A.Verner kompleks birikmalarning tuzilishi haqida yangi nazariya yaratdi. Bu nazariya quyidagi uch banddan iborat : ayrim elementlar о'zining asosiy valentliklaridan tashqari, yana qо'shimcha valentlik namoyon qila oladi ; har qaysi element о'zining asosiy va qо'shimcha valentligini tо'yintirishga intiladi ; markaziy atomning qо'shimcha valentligi fazoda ma'lum yо'nalishga ega bо'ladi. Verner nazariyasi koordinatsion nazariya deb ataladi. Vernerning fikricha birinchi tartibdagi birikmalar asosiy valentlik hisobiga, koordinatsion birikmalar esa qо'shimcha valentlik hisobiga hosil bо'ladi. Masalan, PtCl4 bilan KCl birikib, PtCl42Kclni hosil qilganida Pt va Cl ionlari о'zlarining asosiy valentligidan tashqari yana qо'shimcha valentlik namoyon qiladi: bu yerda, tutuash chiziqlar asosiy valentlikni, uzlukli chiziqlar qо'shimcha valentlikni kо'rsatadi.Hozirgi zamon termini bilan aytganda asosiy valentlik elementning ayni birikmadagi oksidlanish darajasini, qо'shimcha valentlik esa uning koordinatsion sonini kо'rsatdi. Pt Cl4 2KCl da platinaning asosiy valentligi 4 ga, qо'shimcha valentligi 6 ga tengdir. Koordinatsion birikmadagi markaziy atom bilan bevosita birikkan ligandlar orasidagi barcha bog'lanishlar soni markaziy atomning koordinatsion soni deb ataladi. Koordinatsion birikmada markaziy atom bilan ligandlar orasidagi barcha bog'lanishlar bir xil kuchga ega bо'ladi. Koordinatsion birikma xillari. Biz koordinatsion birikmalarni kation, anion va neytral koordinatsion birikmalar deb uch sinfga bо'lgan edik. Lekin Verner nazariyasi yaratilgan davrda barcha koordinatsion birikmalarni ularning hosil bо'lish sxemasiga qarab quyidagi ikkita katta sinfga bо'lingan : a) biriktirib olish mahsulotlari, b) singdirilish mahsulotlari. Masalan, agar BF3 ga HF qо'shilsa, biriktirib olish mahsuloti hosil bо'ladi : BF3 + ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
11.49 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
11.49 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:52 ]
Arxiv ichida: pptx