Kompleksonometrik metodi Reja: Kompleksonometriya metodining mohiyati. Kompleksonometriyada ishlatiladigan organik reagantlar - kompleksonlar haqida tushuncha. Kompleksonometrik titrlash metodlari. Kompleksonometriya - titrimetrik metod bo'lib aniklanuvchi ionlarni bazibir organik reaktivlar bilan o'zaro ta'sirlashuviga asoslangan. Metall ionlari bir zumda kompleksonlar bilan o'zaro ta'sirlashib doimiy tarkibli kam dissotsilanuvchi birikmalar hosil qiladi. Kompleksonlar - organik birikmalar bo'lib, aminopolikarbon kislotalarning hosilalaridir. Ulardan eng soddasi iminodisirka kislotadir. SN2SOON N-N SN2SOON Kuiydagi kompleksonlar kuprok ishlatiladi: Komplekson I - nitriltrisirka kislota: SN2SOON NOOS-N2S-N SN2SOON Komplekson II - etilendiamintetrasirka kislota (formulasi studentlarga ezib kursatiladi. ) Komplekson II (trilon B) etilendiamntetrasirka kislotaning 2 natriyli tuzi (formulasi yoziladi) Kompleksonlar molekulasida bir necha funksional gruppalar bo'lib, ular erkin holda bir vaqtning uzida kompleksning markaziy atomini bir necha koordinatsion bog'lanish hosil qilishi mumkin. Trilon B kupgina kationlar bilan mustahkam va suvda eruvchi ichki kompleks tuzlar hosil qiladi (Trilon B ning kationlar bilan o'zaro ta'sirlashuv sxemasini tuzish). Trilon B kupgina ionlarni, chunonchi kaltsiy, magniy, bariy, kobalt(II), mis (II), rux, nikel(II), alyuminiy kationlarini, tsianid, fosfat kabi anionlarni aniklashda ishlatiladi. Kompleksonometriyada ekvivalent nuqtani turli usullar bilan aniqlash mumkin: A) Komplekson bilan ayni kationni o'zaro ta'sirlashuvidan vodorod ionlari kationga ekvivalent bo'lgan miqdorda ajralib chikadi. Vodorod ionlari kontsentratsiyasini alkalimetrik usulda aniklab aniklanuvchi kation miqdori to'g'risida xulosa qilish mumkin. B) Kompleksometrik titrlashning ekvivalent nuqtasini fiziko-kimyoviy metodlar (spektrofotometrik, amperometrik, potentsiometrik metodlar) bilan aniklanadi. V) Titrlashning oxirgi nuqtasini eritmadan aniklanuvchi kationni yuqolishini metall-indikatorlar yordamida aniqlash mumkin. Bu indikatorlar organik buyoklar bo'lib, kationlar bilan rangli kompleks birikmalar hosil qiladi. Eritmalarni trilon B bilan titrlanganda metall ionining komplekson tomonidan bog'lanishi yuz beradi va boshqa rangga ega bo'lgan erkin indikator ajraladi (masalan, kuk rangli), metallning indikator bilan hosil kilgan kompleksi esa butunlay boshqa rangli-kizil rangli bo'ladi. Kompleksonometriyada titrlashning bir necha metodlaridan foydalaniladi: to'g'ri va teskari titrlash, alkalimetrik titrlash va urinbosarni titrlash. to'g'ri titrlashdan oxirgi nuqtada rangi keskin uzgaradigan indikator malum bulsa foydalaniladi. Chunonchi magniy, bariy, strontsiy, kaltsiy rux kationlari indikator ishtirokida trilon B bilan aniklanishi mumkin. Titrlash ishkoriy muhitda (r=10), ammoniyli bufer aralashmadan foydalanib o'tkaziladi. Teskari titrlash ekvivalent nuqtada rangini keskin uzgartiraoladigan indikator bo'lmaganda metall kationlarini aniklashda o'tkaziladi. Bunday holda kompleksonning ortib kolgan miqdori magniy, rux tuzlari eritmalari rangi keskin uzgaradigan indikator ishtirokida titrlab aniklanadi. Analiz kilinadigan eritmaga mul miqdorda aniq xajmli trilon Bning standart eritmasi kushiladi, eritma reaksiyani oxiriga etishi uchun isitiladi, sungra sovitilib trilon B eritmasining ortikcha miqdori indikator ishtirokida magniy tuzi bilan titrlab aniklanadi. Bu usul strontsiy va galliyni aniklashda foydalaniladi. Alkalimetrik titrlashdan xam foydalanish mumkin, chunki trilon B aniklanuvchi kation bilan o'zaro ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.7 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.7 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:53 ]
Arxiv ichida: doc