Koordinasion birikmalarning turlari

Koordinasion birikmalarning turlari

O'quvchilarga / Kimyo
Koordinasion birikmalarning turlari - rasmi

Material tavsifi

Koordinasion birikmalarning turlari Biz yuqoridagi kompleks birikmalarni anion kompleks, kation kompleks va neytral kompleks birikmalar deb 3 ta sinfga bo'lishimiz mumkin. Lekin A. Verner nazariyasi yaratilgan davrda barcha koordinasion birikmalarni ularning hosil bo'lish sxemasiga qarab quyidagi 2 ta sinfga bo'lishgan edi. a) Biriktirib olish mahsulotlari. b) Joylashishlar, singdirilish mahsulotlari. Masalan: Agar BF3 va HF qo'shilsa, biriktirib olish mahsuloti hosil bo'ladi: BF3+HF→H[BF4] Bu reaksiyaga BF3 ga HF qo'shilganda F- ioni ichki sferada qoladi. Joylashish mahsulotlari mis xloridga ammiak qo'shilganida mis bilan 2 ta xlor ionlari orasiga go'yo ,,pona bo'lib joylashadi [13]. CuCl2+4NH3→[Cu (NH3)4]Cl2 Hozirgi vaqtda kompleks birikma tarkibidagi ligandlarning xillariga qarab, barcha kompleks birikmalarni quyidagi sinflarga ajratiladi: 1. Aminatlar va ammiakatlar. Bular o'zlarining ichki sferasida ammiak va boshqa aminlar bo'lgan kompleks birikmalardir. Bu birikmalarda markaziy atom bilan ligandlar, azot atomlari orqali bog'langan bo'ladi, ammiak molekulasining har biri bittadan koordinatsion o'rinni egallaydi. Organik aminlar etilendiamin NH2-CH2-CH2-NH2 va peredin C5H5N juda ko'p metallar bilan komplekslar hosil qiladi. Ular ammiakatlar deyiladi. 2. Gidratlar va akvokomplekslar. Ichki va tashqi sferasida suv bo'lgan kom- pleks birikmalar gidratlar deb ataladi. Agar suv kompleks birikmada ligandlik roli- ni bajarsa, bunday kompleks birikmalar akvokompleks birikmalar deb yuritiladi. Masalan: [Cu(H2O)4]SO4.H2O, [Co(H2O)6]Cl2, [N:(H2O)6](NO3)2 3. Asidokomplekslar. Ligandlari kislota qoldig'idan iborat bo'lgan kompleks birikmalar asidokomplekslar deb yuritiladi. Masalan: asidokomplekslar tarkibida 2ta yoki 3ta tur kislota qoldiqlari bo'lishi mumkin: K2[Pt(NO2)4Br2], K4[Fe(CN)6], K3[Fe(CN)6] 4. Siklik kompleks birikmalar. Ichki sferada sikllari bo'lgan komplekslar birikmalar, siklik kompleks birikmalar deb yuritiladi. 5. Kompleks gidratlar. Kislotali va amfoter tabiatga ega bo'lgan gidratlar asos tabiatli gidritlar bilan suvdan boshqa erituvchilarda (masalan efirda) reaksiyaga kirishsa, kompleks gidritlar hosil bo'ladi. LiH+BH3→Li[BH4]; KH+AlH3→K[AlH4] 6. Metall organik birikmalarga o'xshash kompleks birikmalar. Keyingi vaqtlarda tarkibida organik ligandlar bo'lgan juda ko'p kompleks birikmalar hosil qilindi. Masalan: Fe(C5H5)2 va Cr(C6H5)2 larni tuzilish formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: 7. Metall korbanellar. Metallarning uglerod (II)-oksid bilan hosil qilgan birikmalari korbonillar deb ataladi. Masalan: Ni(CO)4.Fe(CO)5 8. Ko'p o'zakli kompleks birikmalar. Tarkibida ikkita va undan ortiq markaziy ionlar bo'lgan kompleks birikmalar ko'p o'zakli kompleks birikmalar deb ataladi. Bu markaziy ionlar bir-biri bilan O-H, O-O, NH2 va NH kabi gruppalar orqali birikkan bo'ladi. Masalan: Ikki o'zakli kompleks birikmaga misol bo'la oladi. Bu yerda NH2 (amin) gruppa ko'prik vazifasini o'taydi. Ushbu kompleks birikma geksamin-µ-amido-µ-digidroksokobalt (II) xlorid deb nomlanadi. Biror kompleks birikma masalan: K4[Fe(CN)6]↔4K+[Fe(CN)6]4- Bu dissosiyalanish jarayoni xuddi kuchli elektrolitlarning dissosiyalanishi kabi sodir bo'ladi. Ikkinchi navbatda esa, kompleks ionning o'zi ketma-ket dissosiyalanadi: [Fe(CN)6]4-↔[Fe(CN)5]3-+CN- [Fe (CN)5]3-↔[Fe(CN)4]2-+CN- va hakazo. Umumiy dissosiyalanish [Fe(CN)6]4-↔Fe2++6CN- bilan ifodalanaladi. Bu dissosiyalanish muvozanat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 288.38 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 288.38 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga