Koordinatsion birikmalarning konfiguratsiyalari

Koordinatsion birikmalarning konfiguratsiyalari

O'quvchilarga / Kimyo
Koordinatsion birikmalarning konfiguratsiyalari - rasmi

Material tavsifi

Koordinatsion birikmalarning konfiguratsiyalari Reja: Kompleks birikmalarning VBN. Kristall maydon nazariyasi. Kompleks birikmalar tuzilishi va MOM. Tayanch iboralar va tushunchalar. Atomli yoki birinchi tartibdagi birikmalar, molekulali yoki yuqori tartibdagi birikmalar, kompleks (yoki koordinatsion) birikmalar, kation kompleks, anion kompleks, neytral kompleks, xlorofil, gemoglabin, koordinatsion soni, kompleks hosil qiluvchi ligandlar, koordinatsion sig'im, aminatlar, ammiakatlar, gidratlar, akvakomplekslar, atsidokomplekslar, polikislotlar, poligalogenidlar. Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6. 1. KOMPLEKS BIRIKMALAR TO'G'RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA. Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqotlar natijasida XIX asrning oxirlariga kelib, barcha kimyoviy birikmalar ikki turkumga bo'linadi: bularning biri atomli birikmalar va ikkinchisi molekulyar (yoki murakkab) birikmalar nomini oldi. Keyinroq birinchi xil birikmalar birinchi tartibdagi birikmalar, ikkinchisi esa yuqori tartibdagi birikmalar deb ataladi. CuCl2, BF3, NH3, FeCl kabi moddalar birinchi tartibdagi birikmalar qatoriga kiritildi, ularning hosil bo'lishi valentlik qoidasiga boysunadi. Yuqori tartibdagi birikmalar biror sodda birikmaning boshqa sodda birikma bilan o'zaro birikishi natijasida hosil bo'ladi. Masalan, mis xlorid eritmasiga ammiak ta'sir ettirilganda bu ikki sodda birikmadan molekulyar birikma hosil bo'ladi: CuCl2 + 4NH3 CuCl2 + 4NH3 Keyinchalik, yuqori tartibli birikmalarning nisbatan barqarorlari kompleks (koordinatsion) birikmalar deb ataladi. Koordinatsion birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markazi ion yoki atomga ega bo'lib, buni bir necha ion yohud molekulalar ya'ni ligandlar qurshab turadi. Kompleks birikma hatto eritmalarda ham mustaqilligini saqlab qolishga intiladi, ionlarga ham dissotsilanadi. Markaziy ionning musbat zaryadi uni qurshab turgan ligandlar manfiy zaryadlari yig'indisidan ortiq bo'lsa, bunday kompleks - kation kompleks, markaziy ionining zaryadi uni qurshab turgan ligandlar zaryadlarining yig'indisidan kichik bo'lsa, anion kompleks, markaziy ionning zaryadi bilan ligandlar zaryadlarining yig'indisi orasidagi ayirma nolga teng bo'lsa, neytral kompleks deb ataladi. Kompleks birikmalar tabiatda ko'p tarqalgan. Masalan, o'simliklarning yashil qismida bo'ladigan va fotosintezni amalga oshiradigan modda - xlorofil magniyning koordinatsion birikmasidir, tirik hujayralarni kislorod bilan ta'minlab turuvchi modda - qon gemoglabini temirning koordinatsion birikmasidir. Juda ko'p minerallar, alyumosilikatar koordinatsion birikmalardan iborat. Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun birikish, almashinish, oksidlanish - qaytarilish reaksiyalaridan foydalaniladi. 2. VERNER NAZARIYASI. 1893 yilda A. Verner kompleks birikmalarning tuzilishi haqida yangi nazariya yaratdi. Bu nazariya quyidagi uch banddan iborat: 1. ayrim elementlar o'zining asosiy valentliklaridan tashqari yana qo'shimcha valentlik namoyon qila oladi; 2. har qaysi element o'zining asosiy va qo'shimcha valentligini toyintirishga intiladi; 3. markaziy atomning qo'shimcha valentligi fazoda ma'lum yo'nalishga ega bo'ladi. Verner nazariyasi koordinatsion nazariya deb ataladi. Vernerning fikricha birinchi tartibdagi birikmalar asosiy valentlik hisobiga, koordinatsion birikmalar esa qo'shimcha valentlik hisobiga hosil bo'ladi. Masalan, PtCl4 bilan KCl birikib, PtCl4· 2KCl ni hosil qilganida Pt va Cl ionlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.92 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.92 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga