Koordinasion ionli polimerlanish Ikki yoki uch komponentli ion komplekslar ta'sirida monomerlarning polimerlanib stereoregulyar tuzilishga ega bo'lgan YuMB lar hosil qilish jarayoni ion - koordinasion polimerlanish deyiladi. Ion - koordinasion komplekslarining monomer molekulasi bilan o'zaro ta'sirlashuvi natijasida qutblangan monomer geterolitik parchalanib aktiv markaz, qutblangan monomer kompleksini hosil qiladi. Ion - koordinasiyasi tuzilishiga ega bo'lgan yuqori darajada faol maxsus katalizatorlarni Sigler va Natta katalizatorlari deyiladi. Ular davriy sistemadagi I - II gruppa metallarining alkil hosilalari IV - VII gruppalardagi d-metallarning hosilalari bilan hosil qilgan kompleks birikmalaridir. Bunday maxsus fazoviy tuzilishga ega bo'lgan katalizator ta'sirida dien uglevodorodlar va olefinlar past haroratda ham katta tezlikda polimerlanib, makromolekula zanjiri qat'iy tartibli fazoviy tuzilishga ega bo'lgan polimerlar hosil qiladi. Sanoatda qo'llaniladigan bunday katalizatorlardan eng ko'p tarqalgani alyuminiy organik birikmasining titan xlorid bilan hosil qilgan kompleksidir; bu kompleks hosil bo'lishini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:Cl Cl C2H5 Al(C2H5)2Cl + TiCl3 → Ti Al Cl Cl C2H5 Qutblangan bu kompleks sirtiga monomer molekulalari kelib o'rnashadi va anionli polimerlanish reaksiyasining aktiv markazini vujudga keltiradi. Polimer molekulasining o'sishi monomer molekulasining katalizator va zanjir orasiga kirishi orqali amalga oshadi. [Me] + CH2- - CH - P + CH2 = CH → [Me] + CH2- - CH - CH2 - CH - P | | | | R R R R Polimer zanjirining uzilishi monomer molekulasiga bir atom vodorod ionining uzatilishi tufayli vujudga keladi: [Me]+CH2--CH-CH2-CH-(-CH2-CH-)n+CH2=CH→[Me]+CH2-- CH2 + CH2 = C- CH2-CH- (-CH2-CH-)n | | | | | | | | R R R R R R R R Bu xilda uzilgan polimer zanjiri uchida qo'sh bog' hosil bo'ladi. Katalizator sirtida hosil bo'lgan yangi aktiv markaz polimer zanjirini qaytadan yana o'stirishga qobiliyatli. Cl Cl C2H5 Ti Al Cl CH2- C2H5 | C2H5 - CH - R Bunday kompleks polimerlanish jarayonini boshlab beruvchi aktiv markaz hisoblanadi. Katalitik kompleks ionlar ta'sirida sodir bo'layotgan polimerlanishda monomer molekulalari katalizator sirtiga ma'lum tartibda fazoviy yo'nalgan holda joylashadi. Natijada o'sayotgan zanjirning fazoviy tuzilishi, o'zidan oldingi birikkan monomer bo'g'inlar holatiga o'xshash holatda bo'ladi va birikayotgan monomer oldingi zvenodan oldin birikadi. Cl Cl C2H5 Ti Al Cl CH2- C2H5 | CHR2 - CH2 - CHR1 - C2H5 + CH2 = HR3 Bu mexanizm bo'yicha, polimerlanish tezligi o'sayotgan zanjirning fazoviy tuzilishiga, katalizator tarkibidagi TiCl3 ning miqdoriga va katalizator sirtining fizikaviy va kimyoviy xossalariga bog'liq bo'ladi. Aktiv metal komplekslar hosil bo'lishi uchun avval trialkil alyuminiy bilan titan (IV) xlorid o'zaro reaksiyaga kirishib, uglevodorodlarda eriydigan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunda titan (IV) ionlari qisman ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:46:32
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.62 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:46 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.62 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:53 ]
Arxiv ichida: doc