Ko'p atomli spirtlar. Olinishi va xossalari. Ishlatilishi 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 22-mavzu Tarkibida bir nechta gidroqsil guruh tutgan organik moddalarga ko'p atomli spirtlar deyiladi. Ular to'yingan uglevodoroddagi bir nechta vodorod atomi o'rniga bir nechta gidroqsil guruhlari almashinishidan hosil bo'ladi. Izomeriyasi va nomenklaturasi: Sistematik nomenklatura bo'yicha 2 atomli spirtlarni nomlashda tegishli uglerovodorod nomiga diol qo'shimchasi qo'shiladi va gidroqsil guruh tutgan uglerod atomlari raqamlar bilan ko'rsatiladi Agar etan molekulasidagi 2 ta vodorod atomini gidroqsil guruhga almashtirsak etilenglikol formulasi kelib chiqadi. Bunda vodorod atomlari turli uglerodlardan olinib, ular o'rniga gidroqsil guruhlar keladi. Etilenglikolni xalqaro nomenklatura bo'yicha etandiol-1,2 deb ham nomlasa bo'ladi. Tarkibida ikkita gidroqsil guruhlari bo'lgan spirtlar ikki atomli spirtlar deyiladi. Masalan, etilenglikol. etilenglikol Xuddi shunday propan tarkibidagi uchta vodorodni gidroqsil guruhlarga almashtirsak glitserin formulasi hosil bo'ladi. glitserin Tabiiyki, turli uglerod atomlaridagi vodorodlarni gidroqsil guruhlariga almashtiramiz va glitserin formulasini hosil qilamiz. Glitserinni xalqaro nomenklatura bo'yicha propantriol-1,2,3 deb ham nomlanadi. Uchta vodorod atomi gidroqsil guruhlarga almashgan uglevodorodlar uch atomli spirtlar deyiladi. Bularga gliserin misol bo'ladi. Fizik xossalari. Ko'p atomli spirtlarning vakillari etilenglikol, glitserin va boshqa spirtlar shirin ta'mga ega bo'lgan suyuqlik. Etilenglikol va glitserin suvda yaxshi eriydi. Shirin ta'mli bo'lishi bilan birga etilenglikol zaharli modda hisoblanadi. Kimyoviy xossalari. Gidroqsil guruhga ega moddalar sifatida, ko'p atomli spirtlar bir atomli spirtlarning ko'plab xossalarini o'zida namoyon etadi. Ko'p atomli spirtlar yangi tayyorlangan mis (II) gidroksid eritmasi bilan ta'sirlashib, tiniq ko'k rangli eritma hosil bo'ladi. Bu reaksiya ko'p atomli spirtlar uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.65 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:51
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.65 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:51 ]
Arxiv ichida: pptx