Korroziya - kinetik va termodinamik jihatdan qaytmas jarayon

Korroziya - kinetik va termodinamik jihatdan qaytmas jarayon

O'quvchilarga / Kimyo
Korroziya - kinetik va termodinamik jihatdan qaytmas jarayon - rasmi

Material tavsifi

Korroziya - kinetik va termodinamik jihatdan qaytmas jarayonligi to'g'risida Reja: Korroziyada anod va katod jarayonlari. Vodorodli va kislorodli kutbsizlanish Korroziya toki va potentsiali. Tafel tenglamalari. Malumki, korroziyalanish elektroximiyaviy jarayondir. Elektroxi-miyaviy reaksiyalarda bir elektrod sistemasi ishtirokida boruvchi to'g'ri va teskari jarayonlarning tezliklari teng (muvozanat holatida) bulsa, eritmaning tarkibi va elektrod (metall)ning massasi uzgarmaydi. boshqacha aytganda, bunday sistemalarda bir faza (metall)dan ikkinchi faza (eritma)ga modda (metall ionlari)ning ortikcha utishi kuzatilmaydi, yani korroziyalanish tezligi uzgarmaydi (3-rasm). Meo Me+n * mH2O La =L ne- La= Lk yoki Lo=L Mo Me+n * mH2O Lko = L . Korroziya toki hosil bo'lishi. Ammo, korroziya jarayonlarida (2-rasm) (a,b,v) metall atom-ioni elektronlarini koldirib, eritmaga utib ketadi. Uning kolgan elektronlarini boshqa zarracha-oksidlovchilar biriktirib oladi va teskari jarayonni amalga oshish ehtimolligi va tezligi juda kam bo'ladi. boshqacha aytganda emirilish tufayli metall sirtidan chikib ketgan metall-ioni qaytadan o'z elektronini biriktrib metall xolida qaytarila olmaydi, yani karroziyalanish qaytmas jarayondir: (1 -rasm) Shu sababli bu ikkala reak tsiyada katnashuvchi zaryadlar mik- dori o'zaro teng bulmaydi, yani Korroziya qaytmas jarayonligining sxemasi. Bu elektroximiyaviy jarayonda dinamik muvozanat yuzaga kelmaganligi sababli ular nomuvozanat sistemalar deyiladi. Bunday holatda yuzaga keladigan potentsiallar ( ) nomuvozanat potentsiali ( nomuv) deyiladi. Nomuvozanat potentsial qiymati Nernct tenglamasiga tulik buysinmaydi va shu sababli uning qiymatini termodinamik kattaliklar asosida hisoblab bulmaydi. Uning qiymati fakat eksperimental usul bilan aniklanadi. to'g'ri va teskari reaksiyalar tezliklari yigndisiga mos kelgan muvozanat potentsiali qiymati statsionar potentsial deyiladi. Elektroximiyaviy korroziyalanishning termodinamikasi. Metallarning elektroximiyaviy emirilishi metallarda metall holatini termodinamik noturgunligi sababli sodir bo'ladi. Termodinamika kursidan malum ediki, xar qanday jarayon, shu jumladan korroziyalanish (o'z-uzidan), sistema erkin energiyasi (izobar-izotermik potentsiali) ning kamayishi hisobiga sodir bo'ladi: Korroziyalanish metallarning elektroximiyaviy emirilish jarayoni ekanligi sababli, uning termodinamik ehtimolligi bir tomondan shu metallning elektrod potentsiali qiymati bilan xarakterlansa, ikkinchi tomondan korrozion muhit tarkibiga kiruvchi oksidlovchilar (Ox) ning oksidlovchilik kuchi (oksidlanish potentsiali) ga xam bog'liqdir. Bu jarayonlar birgalikda boradi: elektroximiyaviy korroziyalanishning termodinamik ehtimolligi oksidlovchining qaytarilish potentsiali bilan metallning oksidlinish potentsiallari nisbatiga bog'liqdir. Bu potentsiallar farqining qiymati koroziyalanishning xarakterlantiruvchi kuchi bo'lib, quyidagi shart bajarilganda elektroximiyaviy korroziya ruy beradi: Buning manosi: metallarning qaytarilish potentsiali uning oksidlanish potentsialidan katta bo'lgan (yoki musbatrok) oksidlovchi saklagan korrozion muhitga tushganda elektroximiyaviy korroziyalanishga uchraydi. Demak, tabiatda korroziyalanmaydigan metall yuk. Yetarlicha oksidlovchilik xossasiga ega bo'lgan muhitda xatto oltin xam korroziyalanadi. Buning uchun korroziyalovchi modda - oksidlovchining potentsiali =+1,68v dan katta (Masalan, ftor =+2,87 v) bo'lishi kerak. Elektroximiyaviy korroziyalanish mexanizmi. Elektroximiyaviy korroziyalanish nomuvozanat (qaytmas) jarayon bo'lib, u asosan ikkita birgalikda boradigan reaksiya; anod jarayoni- metallning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.07 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.07 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga