Korroziya va korroziya turlari

Korroziya va korroziya turlari

O'quvchilarga / Kimyo
Korroziya va korroziya turlari - rasmi

Material tavsifi

Korroziya va korroziya turlari Reja: Korroziya jarayonining mohiyati. Korroziya turlari. Ximiyaviy va elektroximiyaviy korroziya. Korroziya tezligi. Kadimdan kishilar metallar va ularning kotishmalari asosida yasalgan buyum, jihoz, uskunalardan foydalanish bilan birgalikda bu metall buyumlarni tabiiy muhit ta'sirida emirilishi muammosi paydo bo'lgan. Bu muammo - metallar korroziyasi bo'lib, hozirgi kunda xam dolzarbligini yukotgani yuk . Metallarning tashqi muhitda ta'sirida o'z - uzidan emirilish hodisasi metallarning korroziyalanishi deyiladi . Shuni unuimaslik lozimki, korroziyalanish fakat metallar uchungina xos bulmasdan, nometall materiallar ( beton, yog'och, plastmassalar, shisha, sopol, keramika, sir ( glazur ) ) xam tabiiy muhit ta'sir emiriladi. Shu sababli korroziya hodisasiga keng manoda qarash va uning mohiyatini xar bir holat uchun to'g'ri tushunib yechish kerak. Aksariyat ishlab chiqarish jarayonlari va kundalik turmushimizda metall buyumlardan foydalanilgani bois mazkur kursda asosan metallar korroziyasining , kelib chiqish sabablari , oqibatlari va unga qarshi kurash usullari bilan tanishamiz. Zamonaviy texnologiyada va ishlab chiqarish jarayonlarida turli nometall materiallardan yasalgan jihozlardan keng foydalanayotgani sababli kursning oxirida nometall materiallar korroziyasi bilan xam kisman tanishamiz. Korroziya turlari. Korroziya jarayonlarini turlarga ajratishdan avval bu jarayonlarni keltirib chikaruvchi sabab va omillar bilan tanishish lozim . Bu omillar haqidagi asosiy ma'lumotlar 1 - jadvalda keltirilgan . Korroziya jarayoni turli muhitda va sharoitda ruy berilganligi sababli ularni yagona usul bilan turlarga ajratib bulmaydi. Korroziya turlarga ajratish va ularning turlari kuyidagilardir : Korroziya jarayonlarining mexanizmiga ko'ra : a) Ximiyaviy korroziya - metallarning turli agressiv gazlar va noelektrolit suyuqliklar ta'sirida emirilish hodisasi. Korroziyaning bu turi to'g'ridan - to'g'ri korrozion muhit bilan metall o'rtasida ( geterogen reaksiya ) oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari tufayli sodir bo'ladi. M : Cl2, F2, Br2, O2 va H2O lar ta'sirida metallarning emrilishi. Elektroximiyaviy korroziya - metall va elektrolit xossasiga ega bo'lgan korrozion muhit ta'sirida kichik galvaning elementlar hosil bo'lishi bilan bir necha bosqichda ruy beradigan emirilish jarayonlari . Bu korroziya asosan elektrolitlarning eritma ( yoki suyuklanma ) si bilan metall o'rtasida sodir bo'ladi II. Korroziyaga sabab bo'luvchi agressiv korrozion muhit turiga ko'ra Gaz korroziyasi-yuqori temperaturada gazsimon moddalar ta'sirida metallarning emirilishi. Noelektrolitlar ta'sirida korroziya - noelektrolit suyuqliklar ta'sirida korroziyalanish. Atmosfera korroziyasi - havo atmosferasidagi gazlar va namlik ta'siridagi emirilish. Elektrolitlar ta'siridagi korroziya. Biokorroziya - turli mikroorganizmlar ta'sirida materiallarning emrilish hodisasi. Yer osti korroziyasi - yer ostida nam tuproq ta'sirida metallarning korroziyalanishi. Daydi toklar ta'sirida korroziyalanish - metallarning (relslar, kabellar va xoka'zolar) yuqori kuchlanishli tok manbalaridan chikkan toklar ta'sirida elektrokimyoviy emirilish hodisasi. Metallarning emrilish sharoitlariga ko'ra: a) Kontakt korroziyalanish - elektrolit muhitida o'zaro tegishib turgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.56 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.56 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga